Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozogʻiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

AQSh

Qozogʻiston

Qozogʻiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari — Qozogʻiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo.

  • Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin 1991-yil 25-dekabrda Qoʻshma Shtatlar Qozogʻiston Respublikasining mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat boʻldi.
  • Qoʻshma Shtatlar birinchi boʻlib 1992-yil yanvar oyida Olmaotada oʻz elchixonasini ochdi va keyin 2006-yilda uni Ostona shahriga koʻchirdi[1].

Harbiy munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2006-yil Nursulton Nazarboyev va George Bush Vashingtonda

2003-yildan buyon har yili Qozogʻistonda AQSh-Qozogʻistonning „Dasht burguti“ harbiy mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda. 2015-yilgi mashgʻulotlarga AQSh, Buyuk Britaniya, Qirgʻiziston, Tojikiston va shuningdek, ilk marta Afgʻoniston, Nepal va Turkiyadan harbiylar qatnashdi[2].

2003-yilda Qozogʻiston Iroqqa 27 ta harbiy muhandisni joʻnatdi va jami 290 nafar Qozogʻiston harbiy xizmatchilari Iroqqa yuborildi[3].

2016-yil sentabr oyida Olma-Otada yuqumli kasalliklar diagnostikasi va oʻta xavfli viruslar shtammlarini saqlash laboratoriyasi foydalanishga topshirildi, uni yaratish uchun AQSh 130 million dollar ajratdi[4].

Iqtisodiy munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil Qozogʻistonga qilingan milliard dollarlik investitsiyalar:

  • Gʻarb mamlakatlari - 118.0
  • Xitoy - 18.2
  • Rossiya- 5.2

[5]

2012-yilda Qozogʻistondan chet elga milliardlab dollar pul chiqishi:

  • AQSH — 45,0
  • buyuk Britaniya — 16,8
  • Niderlandlar — 16,2
  • Germaniya — 7,6
  • Fransiya — 6,3
  • Avstriya — 3,4
  • Shveysariya — 3,3
  • Kanada — 3,1

[5]

  1. CA-NEWS: США поддерживает решение Казахстана о проведении широмасштабных реформ — Джордж Крол, посол США в РК (интервью) (Wayback Machine saytida 2015-08-21 sanasida arxivlangan)
  2. ТАСС: Армия и ОПК — В Казахстане завершилась активная фаза миротворческих учений «Степной орел — 2015»
  3. Peacekeeping Operations in Iraq | Kazakhstan, 2017-05-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-03
  4. Пентагон формирует в Казахстане антироссийский рубеж
  5. 5,0 5,1 Нацбанк раскрыл главных инвесторов Казахстана. Рынки. Tengrinews.kz