Fransiya — Qozogʻiston munosabatlari
Fransiya |
Qozogʻiston |
Fransiya — Qozogʻiston munosabatlari — Fransiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqi tarqalib ketgandan soʻng, Qozogʻiston 1991-yil dekabrda mustaqil davlatga aylandi. Fransiya va Qozogʻiston 1992-yil 25-yanvarda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan boʻlib, Fransiya Qozogʻistonni tan olgan birinchi Yevropa davlatiga aylandi[1]. 1993-yil sentabr oyida Fransiya Prezidenti François Mitterrand Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan keldi[2]. 2008-yil iyun oyida ikkala davlat strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar va 2010-yilda ikkala davlat ham qoʻshma prezident komissiyasini tuzdilar, har ikki davlat rahbarlarining har yili tashriflarini tashkil etilishi va 2011-yildan boshlab har ikki davlat tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida yillik maslahatlashuvlarni tashkil qilinishi belgilab olindi[3].
2008-yilda Fransiya oʻz elchixonasini sobiq poytaxt Olmaotadan mamlakatning yangi poytaxti Nur-Sulton shahriga koʻchirdi. Qozogʻiston va Fransiya oʻzaro munosabatlarni 2008-yil iyun oyida strategik sheriklik haqida bitim imzolash orqali kuchaytirdilar[4].
Yuqori darajadagi tashriflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyadan Qozogʻistonga prezident tashriflari[2][5]
- Prezident François Mitterrand (1993)
- Prezident Nicolas Sarkozy (2009)
- Prezident François Hollande (2014)
Qozogʻistondan Fransiyaga prezident tashriflari
- Prezident Nursulton Nazarboyev (2008, 2011, 2012, 2013, 2015)
Ikki tomonlama munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yildan buyon ikkala davlat ham bir nechta ikki tomonlama shartnomalarni imzoladilar. Masalan, Doʻstlik, oʻzaro tushunish va hamkorlik shartnomasi (1992), Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1993), Afgʻonistonga kelayotgan va qaytib ketayotgan fransuz harbiy xizmatchilarining Chimkent aviabazasidan foydalanish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri havo va poyezd xizmati toʻgʻrisida shartnoma (2009)[3].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Air Astana bilan ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri uchish reyslar mavjud.
Savdo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Fransiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo hajmi 3 milliard yevroni tashkil qilgan. Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi Fransiyaning eng yirik savdo sherigi, Fransiya esa Qozogʻistonning global miqyosda oltinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Fransiya Qozogʻistonning uchinchi yirik sarmoyachisi boʻlib, Qozogʻiston iqtisodiyotiga qariyb 10 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Doimiy diplomatik vakolatxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fransiyaning Nur-Sultonda elchixonasi va Olmaotada bosh konsulligi mavjud[6].
- Qozogʻistonning Parijda elchixonasi bor[7].
-
Olmaotadagi Fransiya bosh konsulligi
-
Parijdagi Qozogʻiston elchixonasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kazakh-French business ties strong at 25-year mark in relations
- ↑ 2,0 2,1 Relations bilatérales: Kazakhstan (in French)
- ↑ 3,0 3,1 Relation franco-kazakhstanaise- Présentation (in French)
- ↑ „France and Kazakhstan“. www.diplomatie.gouv.fr. 2017-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel. (Wayback Machine saytida 2017-06-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Sarkozy clinches $6 billion of Kazakh energy deals“. 2023-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ Embassy of France in Astana
- ↑ Embassy of Kazakhstan in Paris