Kontent qismiga oʻtish

Saidikrom Niyozxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev
 Oʻzbеkistоnning Qozogʻistondagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yil 12-martdan – 2024-yil 16-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ikrom Nazarov
Vorisi Baxtiyor Ibragimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-iyun 1965-yil (1965-06-09) (59 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Saidikrom Parxatovich Niyozxoʻjayev – oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2018—2024-yillarda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi[1]. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1965-yil 9-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1989-yilda Toshkent politexnika institutini quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1989—1991 – Toshkent politexnika instituti fakultet dekani yordamchisi, muovini.

1991—1995 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash komissiyasi kotibiyati eksperti, katta eksperti.

1995—1996 – Vazirlar Mahkamasini qurilish, qurilish materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi katta eksperti.

1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining kotibiyati mudiri va yordamchisi.

1999—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari kotibiyati mudiri – qurilish va yoʻl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish kompleksi rahbari.

1999—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsion loyihalar departamenti muhim investitsion dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.

2000—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati muhim investitsion loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.

2004—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal taʼminot va transport, qurilish materiallari sanoati, qurilish kompleksi kotibiyati pudrat ishlari dasturini shakllantirish guruhi rahbari.

2004—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.

2011—2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari.

2014—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari – iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish departamenti boshligʻi.

2015—2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2018-yildan 2024-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2].

Qozogʻistonning 2-darajali Doʻstiq ordeni bilan mukofotlangan[3].