Afgʻonistondagi ommaviy axborot vositalari
Afgʻonistondagi ommaviy axborot vositalari — Axborot va madaniyat vazirligi (MoIC) tomonidan nazorat qilinadi va radioeshittirish, elektron va bosma nashrlarni oʻz ichiga oladi[1]. U asosan mamlakatning rasmiy tillari boʻlgan dariy va pushtu tillarida. 2019-yilda Afgʻonistonda 107 dan ortiq telekanal va 284 radiostansiya, shu jumladan 100 ta bosma ommaviy axborot vositalari va 1800 dan ortiq onlayn ommaviy axborot vositalari borligi xabar qilingan[2]. 2021-yilda Afgʻoniston Islom Amirligi (IEA) qaytib kelganidan soʻng, mamlakatda ommaviy axborot vositalari sezilarli darajada qisqarishidan xavotir bor edi[3]. Facebook, Instagram, TikTok, Twitter, YouTube va boshqa shu kabi onlayn platformalar yordamida raqamli ommaviy axborot vositalari soni doimiy ravishda ortib bormoqda. IEA matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ommaviy axborot vositalari shariat va milliy manfaatlarga mos boʻlishi kerakligini taklif qilgan[4].
Media tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi gazeta Shams-ul-Nahar شمس النهارl 1873-yilda Sheralixon hukmronligi davrida nashr etilgan[5].
Yana bir gazeta, Siraj-ul-Akhbar سراج الاخبار (Yangiliklar chirogʻi) dastlab 1906-yil 11-yanvarda Abdul-Rauf muharrirligida nashr etilgan. Ushbu dastlabki va yagona fors tilidagi sonidan soʻng uning nashr etilishi toʻxtatilgan. U 1911-yil oktyabr oyida gazeta muharriri va egasi, Britaniya imperiyasi va Afgʻoniston oʻrtasidagi doʻstlikni tanqid qilgan Mahmud Tarzi tomonidan qayta tiklangan. Mahmud Tarziy afgʻon jurnalistikasining kashshofi sifatida tanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Farahi Says MoIC Responsible for Addressing Issues Faced by Media“. TOLOnews (2023-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
- ↑ „Suspects Sentenced To Death For Killing Journalist In Kandahar“. TOLOnews (2019-yil 16-aprel). Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.
- ↑ „Amid Taliban takeover, fear Afghanistan's media landscape will 'disappear'“. USA Today.
- ↑ „Mujahid: The Islamic Emirate believes in freedom of press“. Ariana News (2023-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
- ↑ Dupree, Louis. Afghanistan, 2nd, Oxford Pakistan Paperbacks, 1997 — 405-bet. ISBN 978-0-19-577634-8.