Kontent qismiga oʻtish

Agava (oʻsimlik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Agava (oʻsimlik)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Agava (Agave) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Vatani — Oʻrta va Janubiy Amerika. 300 dan ortiq turi Meksika va unga yondosh oʻlkalarda yovvoyi holda oʻsadi. Yevropa va Osiyoda (xususan, Oʻrta Osiyo, Qrim va Kavkazda) ham ekiladi. Poyasi qisqa, quyi qismida uzun va qalin (sukkulent) yopirma barglar joylashgan. Agava monokarp oʻsimlik, yaʼni butun hayoti davomida faqat bir marta (6 — 15 yilda, oranjereyalarda esa 20 — 30 yildan keyin) gullab, uzun (12 m gacha) generativ poya chiqaradi, unda 17 mingga qadar gul boʻladi. Gullari urugʻlab boʻlgandan soʻng agava quriydi. Agava asosan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil