Ahmad bin Xizravayh
Ahmad bin Xizravayh (761– Balx–854) – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Homid. Hotam Asammning shogirdi. Xurosondagi futuvvat va javonmardlik tariqatining yirik namoyandasi. Solih bin Abdulloh Termiziydan tafsir ilmi boʻyicha saboq olgan. Boyazid Bistomiy va Abu Hafs Haddod bilan haj safariga ketayotib hamsuhbat boʻlgan. Muhammad bin Ali Hakim Termiziy, Abubakr Varroq hamda Muhammad bin Homid Termiziylar uning suhbatidan fayz topganlar. Xotini Fotima Ummu Ali ham orifa ayollardan sanalgan. Ahmad Xizravayh dafn etilgan qabriston hozir uning nomi bilan atalib, Balxning gavjum ziyoratgohlaridan hisoblanadi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |