Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin
Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, faqih |
Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin (арабча: أحمد بن أبو أحمد علاء الدين — Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Alouddin (vafoti. 1144 yil.) — Faqih va muhaddis.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddin Samarqandiy ba'zilar tomonidan Abu Bakr Samarqandiy ham deb aytiladi. Uning tavallud topgan yili haqida biror-bir ma'lumot manbalarda keltirilmagan. U Samarqandda tavallud topgan. Keyinchalik Samarqanddan Buxoroga ko‘chgan va hayotining ko‘p qismi Buxoroda o‘tgan. Bir muncha vaqt Balxda yashab, yana Buxoroga qaytgan. U zamonasining qadri baland, yetuk, fozil kishilaridan biri bo‘lgan. Alouddin Samarqandiy 540/1146-yil atrofida, ayrim manbalarda kelishicha, 539/1144, 575/1180-yili Buxoroda vafot etgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning fiqh, tafsir, hadis, usul, aqoid, kalom ilmlariga oid ko‘plab asarlari, jumladan islom olamida mashhur “Tuhfatu-l-fuqaho” (“Faqihlar tuhfasi”) asari bo‘lgan. Kitob hanafiy fiqhi bo‘yicha favqulodda katta ahamiyatga ega bo‘lib, unga ko‘plab sharhlar yozilgan. Uning usulu-l-fiqh bo‘yicha “Miyzonu-l-usul fi natoiji-l-uqul fi usuli-l-fiqh” (“Aqllar chiqargan xulosalari bo‘yicha asoslar mezoni”), “Lubob fi usuli-l-fiqh” (“Fiqh asoslari yuragi mag‘zi”), fiqhiy asar sharhi bo‘yicha “Sharh jomi'i-l-kabir” (“Katta to‘plam sharhi”), “Sharhi Tahoviy” (“Tahoviyga sharh”) kabi mashhur kitoblari mavjuddir. Uning ilmiy faoliyatining e'tiborli jihatlaridan yana biri shundaki, u o‘z maktabini yarata oldi. U tarbiyalagan shogirdlar fiqh ilmi, xususan, Movarounnahr fiqh maktabining rivojlanishida yetakchi o‘rinlarni egallagan.[1]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Tuhfatu-l-fuqaho”, “Miyzo-nu-l-usul fi natoiji-l-uqul fi usuli-l-fiqh”, “Lubob fi usuli-l-fiqh”, “Sharh jomi'i-l-kabir”, “Sharhi Tahoviy”, “Sharhu-t-ta'viloti-l-moturidiya fi bayoni usul ahli-s-sunna va usuli-t-tavhid”.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 545.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |