Ahmad ibn Nizomulmulk
Ahmad ibn Nizomulmulk | |
---|---|
Abbosiylar vaziri | |
Monarx | Al-Mustarshid |
Oʻtmishdoshi | Amid ud-Davla Jaloliddin Hasan ibn Ali |
Muddat |
1122 — 1123/1124 (bir yil) |
Saljuqiylar vaziri | |
Monarx | Muhammad I Tapar |
Vorisi | Shams ul-Mulk Usmon |
Muddat | 1106/1107 — 1110/1111 |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Balx |
Vafoti |
1149/1150 Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi (hozirgi Iroq) |
Turmush oʻrtogʻi | nomaʼlum |
Bolalari | nomaʼlum |
Onasi | Gruzin malika, Bagrat IIIning jiyani yoki qizi. |
Otasi | Nizomulmulk |
Qarindoshlari |
|
Diyo ul-Mulk Ahmad ibn Nizomulmulk (forscha: ضیاءالملک احمد بن نظامالملک) Saljuqiylar davlati va Abbosiylar xalifaligining fors vaziri. Saljuqiylar davlatining eng mashhur vazirlaridan biri Nizomulmulkning oʻgʻli[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad Balxda tugʻilgan. Otasi Nizomulmulk, onasi esa Gruziya malikasi, Bagrat IIIning jiyani yoki qizi boʻlgan[1]. Ahmad otasi tirikligida va vafotidan keyingi bir necha yil davomida Hamadon va Isfahonda yashagan.
1106/1107-yilda Hamadon raisi (rahbari) ustidan shikoyat qilish maqsadida Sulton Muhammad I saroyiga borgan. Ahmad hukumat idorasiga kelgach, Muhammad I uni yaqinda bidʼatda gumonlanib, qatl qilingan Saʼd ul-Mulk Abulmahisin Abi oʻrniga vazir etib tayinlagan. Ushbu tayinlov koʻproq Ahmadning otasining obroʻsii bilan bogʻliq boʻlgan. Shundan soʻng unga otasi ega boʻlgan bir qancha unvonlar (Qevam ad-Din, Sadr ul-Islom, Nizom ul-Mulk kabi) ham berilgan.
Ahmad to‘rt yil davomida vazirlik lavozimida boʻldi. Bu davr mobaynida 1107/1108-yilda Sulton Muhammad I bilan birga Iroqqa yurishda qatnashdi. Iroqda sultonning qo‘shini Mazyadiylar hukmdori Sayf ud-davla Sadaqa ibn Mansurni mag‘lub etib, o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Sayf ud-davla „arablar qiroli“ unvoniga ega edi. 1109-yilda Muhammad I Ahmad va Chavli Saqavuni Alamut va Ostavand qal’alaridagi ismoiliylarni magʻlub etish uchun yubordi. Biroq ular aniq hal qiluvchi natijaga erisholmay, orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar[2]. 1110-yilda bir ismoiliy Bagʻdoddagi masjidda Ahmadni oʻldirishga uringan, ammo bu muvafaqqiyatsiz boʻlgan. Koʻp oʻtmay Ahmadning oʻrniga Xatir ul-Mulk Abu Mansur Maybudiy Saljuqiylar davlati vaziri etib tayinlangan. Ali ibn al-Asirning aytishicha, Ahmad keyinchalik Bag‘dodda hayot kechirgan. Anushirvon ibn Xolidning ma’lumotiga ko‘ra esa, Muhammad I Ahmadni o‘n yil davomida qamoqda saqlagan[1].
1122-yilda Muhammad Ining oʻgʻli Mahmud II Saljuqiylar imperiyasi sultoni boʻlgach, Nizomulmulkning yana bir oʻgʻli Shamsulmulkni oʻziga vazir etib tayinlagan. Oʻsha yili Abbosiy xalifa al-Mustarshid oʻz vaziri Amid ud-Davla Jaloliddin Hasan ibn Alini lavozimidan chetlatib, qamoqqa tashlagan. Shundan soʻng Mahmud II Ahmadni al-Mustarshiga vazir etib tayinlagan. Ahmad keyinchalik mazyadiy Dubays ibn Sadaqaga qarshi kurash olib borgan. Ahmad Bagʻdod mudofaa devorlarini ham mustahkamlagan[3].
Bir yil oʻtgach, Mahmud II Shams ul-Mulk Usmonni vazirlikdan boʻshatib, qatl ettirgan. Imkoniyatdan foydalangan Abbosiy xalifa Ahmadni ham lavozimidan boʻshatgan[4]. Ahmad Bagʻdodda otasi asos solgan Nizomiya maktabida faoliyat boshlagan. Ushbu madrasada 25 yil ishlab, 1149/1150-yilda vafot etgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Bosworth 1984, ss. 642–643.
- ↑ Bosworth 1968, s. 118.
- ↑ Bosworth 1968, s. 127.
- ↑ Bosworth 1968, s. 122.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000–1217)“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol Periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968 — 1–202-bet. ISBN 0-521-06936-X.
- C. L. Klausner, The Seljuk Vizierate, a Study of Civil Administration 1055-1194, Cambridge, Massachusetts, 1973
- Bosworth, C. Edmund (1984). "AḤMAD B. NEẒĀM-AL-MOLK". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 6. London et al.: C. Edmund Bosworth. 642–643 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ahmad-b-nezam.