Kontent qismiga oʻtish

Oqtoʻba (viloyat)

Koordinatalari: 50°17′4″N 57°13′48″E / 50.28444°N 57.23000°E / 50.28444; 57.23000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Aktyubin viloyatidan yoʻnaltirildi)
Oqtoʻba viloyati
qoz. Ақтөбе облысы
viloyat
Tegishli Gʻarbiy Qozogʻiston
Maʼmuriy markazi Oqtoʻba
Asos solingan sanasi 10-mart 1932-yil
Akim Muhambetov Arximed Begejanovich
Aholi (2014)
808,878[1]
(4,7 % ,  (7-oʻrin)
Zichligi 2,70 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 78,28 %
ruslar 12,60 %
ukrainlar 4,73 %
tatarlar 1,34 %
olmonlar 0,93 % [2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 300 629 km² (11 %, 2-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 713 xx x-xx-xx [3]
Pochta indeksi 03xxxx[4]
Avtomobil raqami kodi D,04
Rasmiy sayti http://aktobe.gov.kz/
Xaritada
Oqtoʻba viloyati xaritada
50°17′4″N 57°13′48″E / 50.28444°N 57.23000°E / 50.28444; 57.23000

Oqtoʻba viloyati — (1992-yilgacha Aktyubinsk viloyati) Qozogʻiston Respublikasidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 786,349 ming kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54 %. Oqtoʻba viloyatida 13 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Oqtoʻba shahri. Temir yoʻl uzunligi 1140 km. Asosiy temir yoʻllari: Orenburg — Oqtoʻba — Toshkent va Aterov — Qandagʻach — Orsk. Havo yoʻllari Oqtoʻbani Moskva, Almati va viloyatning boshqa tumanlari bilan bogʻlab turadi. Oqtoʻbadan Aterov — Orsk neft quvuri oʻtadi.

Viloyatning janubi-sharqiy hududi
Mugʻojar togʻlari

Oqtoʻba viloyati gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi, janubda Ustyurt platosi, janubi-sharqda Turon pasttekisligi va shimolida Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari oraligʻida. Viloyatning katta qismi tekislik (balandligi 100–200 m); oʻrta qismida Mugʻojar togʻlari (eng baland joyi 657 m), gʻarbiy qismida Ural yoni platosi, januni-sharqda Orolboʻyi Qoraqumi, Katta va Kichik Boʻrsiq qumlari, shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. Viloyat Qozogʻistonning shimoli-gʻarbiy hududida joylashgan. Shimoliy tarafidan — Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, janubidan — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan, gʻarbida — Mangʻistov viloyati, Atirau va Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati, sharqida — Qoʻstanoy, janubiy-sharqida — Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Viloyat markazi — Aqtoʻbe shahari[5].

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ayteke biy tumani — Komsomolskoe qishlogʻi
  2. Boygʻonin tumani markazi — Qoravulkeldi qishlogʻi
  3. Chalqar tumani markazi — Chalqar
  4. Irgʻiz tumani markazi — Irgʻiz qishlogʻi
  5. Martuk tumani markazi — Martuk qishlogʻi
  6. Mugʻojar tumani markazi — Qondiyogʻoch shahri
  7. Olgʻa tumani — Olgʻa shahri
  8. Oʻyil tumani markazi — Oʻyil qishlogʻi
  9. Qargʻali tumani markazi — Badamsha
  10. Qoʻbda tumani markazi — Qoʻbda
  11. Temir tumani markazi — Shubarquduq qishlogʻi
  12. Xromtov tumani markazi — Xromtov shahri

Viloyat aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 786,349 kishini tashkil qildi. Viloyat aholisining yarmidan ortigʻini qozoqlar tashkil qilishadi. 2010-yildagi viloyatning milliy tarkibni quyidagi jadvaldan qarang:

Viloyat aholisining milliy tarkibi:[6][7]
Aholi soni
1989-yil
% Aholi soni
1999-yil
% Aholi soni
2010-yil
%
umumiy 732653 100,00 % 682558 100,00 % 718870 100,00 %
Qozoqlar 407222 55,58 % 482285 70,66 % 562716 78,28 %
Ruslar 173281 23,65 % 114416 16,76 % 90569 12,60 %
Ukrainlar 74547 10,17 % 46848 6,86 % 33976 4,73 %
Tatarlar 16924 2,31 % 11675 1,71 % 9652 1,34 %
Olmonlar 31628 4,32 % 10721 1,57 % 6693 0,93 %
Beloruslar 4736 0,65 % 2569 0,38 % 1866 0,26 %
Moldavanlar 3716 0,51 % 2164 0,32 % 1791 0,25 %
Chechenlar 3335 0,46 % 1379 0,20 % 1494 0,21 %
Koreyslar 1350 0,18 % 1383 0,20 % 1328 0,18 %
Ozarbayjonlar 1588 0,22 % 988 0,14 % 1061 0,15 %
Boshqirdlar 2643 0,36 % 1106 0,16 % 951 0,13 %
Bolgarlar 1457 0,20 % 1045 0,15 % 939 0,13 %
boshqalar 10226 1,40 % 5979 0,88 % 5834 0,81 %

Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yozda tez-tez garmsel va toʻzon, qishda esa qor boʻronlari boʻlib turadi. Oqtoʻba viloyati shimoli-gʻarbida iyulning oʻrtacha harorati 22,5 °C, janubi-sharqida 25 °C, yanvarda shimoli-gʻarbida — 16 °C va janubi-sharqida —15,5 °C. Yiliga shimoli-gʻarbida 300 mm ga yaqin, markazi va janubda 125–200 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri shimoli-gʻarbida 175 kun, janubi-sharqida 190 kungacha. Daryolari Kaspiy dengizi va kichikroq koʻllarga quyiladi. Yirik daryolari — Emba, Uralning irmoklaridan — Oʻr, Ilek, shuningdek, Irgʻiz, Uil, Toʻrgʻay va Sagʻiz. Aksari daryolari kam-suv, yozda qurib qoladi. 150 ga yaqin, asosan, shoʻr koʻllar bor. Viloyatning shimoli-gʻarbida qoratuproq va kashtan tuproqlar, oʻrta va shimoli-sharqida och kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Janubda shoʻrxoklar ham uchraydi. Viloyatning shimoli-gʻarbida xilma-xil dasht oʻsimliklari, janubda esa chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon kabi kemiruvchilar koʻp. Yirtqich hayvonlardan boʻri, qarsak tulki bor, jayran va saygʻoq saqlanib qolgan.

Oqtoʻba viloyati da yirik sanoat (asosan, konchilik, kimyo, mashinasozlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi) va qishloq xoʻjaligi (lalmikor dehqonchilik hamda yaylov qoʻychiligi) rivojlangan. Viloyat energetikasi asosan Qaragʻandi koʻmiriga asoslangan. Xromit, mis, nikel-kobalt rudalari, titan, oltin, shuningdek, fosforit (Oqtoʻba fosforit havzasi), neft va tabiiy gaz boyliklari koʻp. Konchilik, kimyo, ferroqotishma va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati korxonalari Mugʻojar togʻlaridadir, viloyatning markaziy va janubiy qismida neft va gaz qazib olinadi. Oqtoʻba shahrida ferroqotishma, xrom birikmalar, rentgen apparaturasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, mexanika, avtomobil taʼmirlash zavodlari va yengil hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari, kimyo kombinati bor.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yerning koʻp qismi yaylov va oʻtloqlar. 1956—58 yillarda 1,6 mln.ga dan ortiq qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, gʻallachilik xoʻjaliklari barpo etildi. Gʻalla, texnika ekinlari (asosan, kungaboqar), kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol, qoʻy, echki, yilqi, tuya boqiladi. Viloyatning shimoli-gʻarbida lalmikor gʻallachilik (bahorgi bugʻdoy, arpa, tariq), goʻsht-sut chorvachiligi, choʻchqachilik va parrandachilik rivojlangan. Viloyatning qurgʻoqchil hududida yaylov chorvachiligi (goʻshtyogʻ va goʻsht-jun) va dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Shalqar koʻlida baliq ovlanadi.

Madaniyat sohasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqtoʻba shahri Qozogʻiston Respublikasining gʻarbiy hududining madaniy, bilim va fan markazi boʻlib hisoblanadi. Shaharda 11 oliy oʻquv yurti, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurtlari bor. Shaharda qozoq va rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, viloyat tarixiy-davlat noma muzeyi, Kengash ittifoqi qahramoni Aliya Moʻldagʻulova nomidagi muzeyi faoliyat yuritadi.

  1. „Численность населения РК по областям, городам и районам на 1 января 2014 года“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
  2. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-01
  3. „Телефонные коды“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  7. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1 yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-01