Al-Farazdaq
Hammam ibn Gʻolib 641 tug'ilib, 728 - 730 yillarda vafot etgan, eng ko'p Al-Farazdaq nomi bilan mashhur yoki Abu Firas.Mashhur arab shoiri edi.
Mashhur arab shoiri Al-Farazdaq Kazma shahrida dunyoga keladi. U Bani Tamim urug'ining eng hurmatli bo'linmalaridan biri hisoblangan Dorimning a'zosi bo'lgan. Onasi esa Dabba qabilasiga mansub edi. Uning bobosi Sa'sa obro'li badaviy bo'lgan, otasi G'olib Basraga asos solingunga milodiy 636 yilga qadar hayot kechirgan va o'zining saxiyligi va mehmondo'stligi bilan shuhrat qozongan. Al-Farazdaq arablarning eng buyuk mumtoz shoirlaridan biri sifatida tanilgan.
Farazdaq 15 yoshidayoq shoir sifatida tanila boshlaydi va xalifa Alining maslahatiga ko'ra qisqa vaqt davomida Qurʼon ilmlariga eʼtiborini qaratadi,ammo tez orada sheʼr yozishga yana qaytadi. U o'z iste'dodini asosan satiraga bag'ishlaydi va Bani Nahshal va Bani Fuqaimga shun orqali hujum qiladi. So‘nggi qabiladan bo‘lgan Ziyod 669-yilda Basraga hokim bo‘lgach, shoir avval Kufaga, so‘ngra Ziyodga juda yaqin bo‘lgani uchun Madinaga qochishga majbur bo‘ladi va u yerda shahar ahli uni yaxshi kutib olishadi,bu paytda Madinada amir Said ibn al-Os hisoblanar edi . Madinada u taxminan o'n yil qoldi, qabilalar haqida satiralar yozdi, lekin shahar siyosatidan so'z ochmaydi.
Lekin u isrofgarchilik bilan hayot kechirdi va uning be'mani ishqiy she'rlari xalifa Marvon I tomonidan haydalishiga olib keldi. Aynan o'sha paytda u Ziyodning vafotidan xabar topadi va Basraga qaytib keladi va u yerda Ziyodning vorisi Ubayd Alloh ibn Ziyodning marhamatiga va e'tiboriga sazovor bo'ladi. Uning she'rlarining katta qismi nikoh ishlari va munosabatlariga bag'ishlangan edi. U o‘zining vasiylik mavqeidan foydalanib, amakivachchasi Navarning xoxishiga qaramay uylanadi. Basra saroyidan va yana turli qabilalardan yordam so‘raydi, lekin urinishlari behuda ketadi. Hamma shoirning satiralaridan qo‘rqib ketdi. Nihoyat, u Makkaga qochib ketdi va siyosiy da'vogar Umaviylar Abdulloh ibn Zubayrga murojaat qildi, ammo u uni nikohni tasdiqlashga rozi bo'lishga undashga muvaffaq bo'ldi.
Tez orada yana janjallar avj ola boshlaydii. Farazdaq Narvarni bezovta qilish maqsadida ikkinchi,o'limidan keyin esa uchinchi xotin oladi. Nihoyat, u Hasan al-Basriy aytgan ajrashishlikka rozilik berdi. Yana bir boshqa mavzu uzoq oyatlar turkumiga sabab bo'ldi, ya'ni uning raqibi Jarir va uning qabilasi Bani Kulayb bilan bo'lgan adovatidir. Bu sheʼrlar “Jarir nakoid” va “al-Farazdaq” nomi bilan nashr etilgan.
Al-Farazdaq Umaviylar xalifasi Al-Valid I (hukmronligi 705—715) ning rasmiy shoiri hisoblangan, unga bir qancha maqtov asarlar bagʻishlagan.
U Makkada Ali ibn Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib ( Zaynul-Obidin ) amirni g'azablantirib, Ka'ba Haramiga kirganida aytgan she'ri bilan mashhurdir. She'r nihoyatda kuchli bo'lgan va aynan shu she’ri tufayli qamoqqa tushadi.
Manbaalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1."Al-Farazdaq Biography"poetry Soup.
2."Farazdaq center lauds:Kuwait News Agency/ 22may.2014
3.Al Farazdaq at the Encyclopeadia Britannica
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Media related to Al-Farazdaq at Wikimedia Commons
- Works related to Al-Farazdaq at Wikisource
- The Great Revolutionary Shi'ite Poets