Kontent qismiga oʻtish

Al-Hakim al-Munajjim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Hakim al-Munajjim
Tavalludi
nomaʼlum

?
Vafoti May–Iyun 1103
Halab
Fuqaroligi Ismoiliylar davlati
Halab amirligi
Kasbi Missioner
Astrolog
Shifokor
Unvoni Suriya bosh targʻibotchisi

Al-Hakim al-Munajjim (arabcha: الحكيم المنجم, soʻzma-soʻz tarjimasi: „Tabib-munajjim“) (1103-yilda vafot etgan) forsiy nizoriy ismoiliylardan boʻlib, Suriyada faoliyat koʻrsatgan birinchi nizoriy targʻibotchi (daʼi) edi. U hashshoshiylar tariqatiga mansub boʻlgan.

XII asrda Al-Hakim al-Munajjim Alamut qal’asidan Suriyaga yuborilgan, ehtimol bir necha targʻibotchilar u bilan birga Suriyaga ketgan boʻlishi ham mumkin. U Suriyaning shimolida joylashgan Halabga borib joylashgan. Bu shahar uning faoliyatini boshlashi uchun qulay joy boʻlgan, chunki u yerdagi aholi orasida shia mazhabi keng tarqalgan va ismoiliylik taʼsiri ostidagi Jabal as-Summaq taʼlimotiga yaqin edi. Bundan tashqari, shaharning saljuqiy hukmdori (amiri) Ridvon boshqa raqib Suriya amirlariga nisbatan harbiy jihatdan zaif boʻlib, yangi ittifoqdoshlar izlayotgan edi. Al-Hakim al-Munajjim Ridvonning ishonchini qozona olgan va ular ochiqchasiga ittifoq tuzadilar. Nizoriylar Halabda oʻzlarining Daʼvat uyi (dar al-dava)ni tashkil etib, diniy faoliyatlarini ochiq-oshkora boshlaydilar. Baʼzi olimlar Ridvonning oʻzi ham Nizoriy ismoiliylardan biri boʻlgan, deya taxmin qilishadi, ammo bu ehtimoldan yiroq. 1103-yil may oyida Homsning mustaqil hukmdori va Ridvonning asosiy raqibi Janah ad-Davla Homsdagi an-Nuriy katta masjidida uchta fors fidoiysi tomonidan oʻldirilgan. Bu holat al-Hakim al-Munajjim buyrugʻi bilan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin. Voqea shahar ahlini larzaga solgan va Homsning aksariyat turklari Damashqqa qochib ketishgan. Damashq amiri Duqaq tezda Homsni qoʻlga kiritib, uning franklar tasarrufiga oʻtishining oldini olgan. Al-Hakim al-Munajjim Janoh ad-Davla vafotidan bir necha hafta oʻtgach hayotdan koʻz yumadi. Uning oʻrniga Suriyaning Nizoriy targʻibotchisi vazifasiga yana bir forsiy – Abu Tohir as-Soigʻ tayinlangan[1][2].

  1. Mirza, Nasseh Ahmad. Syrian Ismailism: The Ever Living Line of the Imamate, AD 1100-1260 (en). Psychology Press, 1997 — 8-bet. ISBN 9780700705054. 
  2. Daftary, Farhad. The Isma'ilis: Their History and Doctrines (en). Cambridge University Press, 1992 — 358-bet. ISBN 9780521429740.