Al-Shamiya (Iroq)
Al-Shamiya arabcha: الشامية | |
---|---|
32°3′42″N 44°46′19″E / 32.06167°N 44.77194°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | [[Al-Qadisiyya]] |
Tuman | Al-Shamiya tumani |
Markazi balandligi | 20 m |
Aholisi | ~300,000[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCAST +3 |
|
Al-Shamiya (arabcha: الشامية) Iroqning Al-Qadisiyya muhofazotidagi Al-Shamiya tumanida joylashgan shahar. Shahar Bagʻdoddan taxminan 147 km janubda, Furot daryosining Al-Shamiya tarmogʻida joylashgan. Shahardagi ilk turar joylar Shumerlar davriga borib taqaladi. Zamonaviy shahar 1822-yilda Usmonlilar davrida tashkil etilgan boʻlib, Abdulhamid II sharafiga „Hamidya“ nomini olgan. Iroq qirolligi tashkil etilgandan so‘ng shahar nomi ash-Shamiya „Levantin“ deb o‘zgartirilgan.
Shahar aholisi tez oʻsgan. 1997-yildagi 189,000 kishidan 2007-yilda 230,974 kishiga[2], 2014-yilda taxminan 300 000 kishiga yetdi. Aholisi asrlar davomida bir xilda shialikka amal qilib kelgan. Aholining koʻpchilik qismi Arabistonning Naxa qabilasidan kelib chiqqan. Hudud Oʻrta Furot mintaqasining unumdor, sugʻoriladigan, quruq va allyuvial tekisligida joylashgan. Shahar atrofi sholi, xurmo va bugʻdoy yetishtirishi bilan ajralib turadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Al-Shamiya (Iroq) haqida turkum mavjud |
- مديرية زراعة الديوانية / شعبة زراعة الشامية،بيانات غير منشورة.
- وزارة الموارد المائية / دائرة ري الشامية، بيانات غير منشورة.