Kontent qismiga oʻtish

Al-Xorazmiy dahasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Al-Xorazmiy dahasi — Chilonzor tumanida, Zargarlik va Guliston koʻchalarining Katta halqa yoʻli bilan tutashgan qismi oraligʻida.

1982-1991-yillarda „Algoritm“ OAJ qurilishi munosabati bilan unga yaqin boʻlgan hududda turar joy binolari barpo etildi va asosan shu hududda istiqomat qilgan aholi hamda „Algoritm“ OAJ xizmatchilari bu binolarga koʻchib oʻtishdi.

Dahada 5 va 9 qavatli turar joy binolari, oilaviy shifoxona, pochta, novvoyxona, maktab, bolalar bogʻchasi, avtobuslar boshbekati, savdo va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor[1].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.