Zargarlik koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 3.3 km |
Avvalgi nomlari | Yanka Kupala koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Chilonzor 11-, 16-, 20-, 26-turar joy mavzelari "Zargarlik buyumlari" korxonasi „Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy kompaniyasi Respublika koʻrgazma savdo markazi |
Zargarlik koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Uzunligi 3,3 km atrofida. Kichik halqa yoʻli va Katta Qaʼni koʻchalari oraligʻida joylashgan. 1972-yil tashkil topgan. Dastlab belorus yozuvchisi Yanka Kupala nomi berilgan. 1997-yil 18-dekabrdan Zargarlik nomi bilan yuritiladi. Katta Xirmontepa, 2-Qatortol, Shirin koʻchalari chorrahasini kesib oʻtadi[1].
Yoʻnalishida Chilonzor 11-, 16-, 20-, 26-turar joy mavzelari, "Zargarlik buyumlari" korxonasi, sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan „Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy kompaniyasi, Xayrobod eshon maqbarasi, oilaviy poliklinika, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, savdo majmualari, toʻyxona va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida "Chilonzor" metro bekati, Beshyogʻoch dexkon bozori shoxobchasi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey va maktablar bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.