Kontent qismiga oʻtish

Katta Xirmontepa koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta Xirmontepa koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Chilonzor
Uzunligi 5 km
Koʻchada joylashgan binolar Chilonzor 19-26-mavzesi
„Vatan“ kinoteatri

Katta Xirmontepa koʻchasi — Uchtepa va Chilonzor tumani hududida. Uzunligi 5 km atrofida. Al-Xorazmiy va Farhod koʻchasilari oraligʻida joylashgan.

1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng qurilgan koʻp qavatli turar joy binolari bunyod etilishi munosabati bilan tashkil topgan. 2005-yil 22-iyunda joyning tarixiy nomi sifatida „Katta Xirmontepa“ nomi berildi[1].

Yoʻnalishida Chilonzor 19-26-turar joy mavzelari, Chilonzor tumaniga qarashli „Katta Xirmontepa“, „Kichik Xirmontepa“, „Xirmontepa“, „Navroʻz“; Uchtepa tumaniga qarashli „Nayman“, „Tinchlikobod“, „Birlik“, „Vatan“, „Nurobod“, „Vatanparvar“, „Farhod“ va „Shirin“ mahallalari, oilavii poliklinikalar, „Vatan“ kinoteatri, kichik va qoʻshma korxonalar, firmalar, notarial idoralar, dorixonalar, savdo va umumiy ovqatlanish majmualari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakati yoʻlga qoʻyilgan. Yaqinida „Zargarlik buyumlari“ korxonasi va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan „Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy korxonasi va shu nomdagi MChJ, boshbekat, „Shohamid“ toʻyxonasi va taksopark bor.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.