Al-Xorazmiy koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 3 km |
Kim sharafiga nomlangan | Muhammad Al-Xorazmiy |
Al-Xorazmiy koʻchasi — Chilonzor tumanidagi „Botirma“, „Mehrjon“ va „Kichik Xirmontepa“ mahallalari hududparidan oʻtadi. Katta Qaʼni va Zargarlik koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 3 kilometrga yaqin[1].
1969-yildan buyuk mutafakkir Muhammad Al-Xorazmiy nomi bilan yoʻritiladi. Koʻcha yoʻnalishida 16-, 17-, 18-, 19-, 20-mavzelar, Xayrobod Eshon maqbarasi, Beshyogʻoch dehqon bozorining „Al-Xorazmiy“ shoxobchasi, koʻp qavatli turar joy binolari, yonilgʻi quyish shoxobchasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, taʼlim muassasalari bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.