Kontent qismiga oʻtish

Albertus Magnus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Albertus Magnus
Albert Graf von Bollstädt
Tavalludi 1193-yil
Vafoti 15-noyabr 1280-yil
Köln, Muqaddas Rim imperiyasi
Fuqaroligi Muqaddas Rim imperiyasi
Taʼlimi Padua universiteti; Parij universiteti
Kasbi Kimyogar, musiqashunos, faylasuf, yozuvchi, iqtisodchi, munajjim, entomolog, teolog, geograf, botanik, katolik episkopi.
Dini Katolik

Albert Buyuk yoki Albertus Magnus (tax.1200-yil 15-noyabr) – oʻrta asr nemis faylasufi, ilohiyotchisi, astrologi. Oʻrta asr sxolastikasining yirik vakili, katolik cherkovi tomonidan 37 ta Cherkov Ustozlaridan biri deb tan olingan va u Foma Akvinskiyning ustozidir. Hayoti davomida u „Doctor universalis“ va „Doctor expertus“ nomlari bilan mashhur boʻlgan. Umrining oxirgi yillarida esa uning ismi bilan birga Magnus („Buyuk“) unvoni qoʻshib chaqirilgan. U oʻrta asrlarning eng buyuk nemis faylasufi va ilohiyotchisi sifatida tan olingan[1].

Albert katta ehtimol bila 1200-yildan oldin tugʻilgan. Sabab, 1280-yilda vafot etganida 80 yoshdan oshgani haqida aniq hujjatlashtirilgan dalillar mavjud. Boshqa manbalarda esa, Albertnining 87 yoshida vafot etganini tahmin qilishadi. Shu sabab, Albertning tugʻilgan sanasi sifatida odatda 1193-yil koʻrsatiladi, biroq bu maʼlumotni ham tasdiqlash uchun yetarli dalillar yoʻq. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, uning oilasi ruhoniylar tabaqasiga mansub boʻlishi mumkin[2].

Köln universiteti yaqinida Buyuk Albertga bagʻishlangan haykal.

Albert, asosan Padua universitetida taʼlim olgan, u yerda Aristotel va Cherkov Otalari asarlarini oʻrgangan. Albert, tabiiy fanlarga katta qiziqish bildirgan. Boshqa manbalarga koʻra, Novamagiya shahridan Rudolf Albertnning Bokira Maryama bilan uchrashganini va u ruhoniylikni qabul qilishga ishontirganini aytadi. 1223-yilda u Dominikan ordeniga aʼzo boʻlgan. 1228-yildan 1254-yilgacha Albert Bavariya va Fransiyaning eng yirik universitetlarida dars bergan va Yevropaning eng buyuk sxolasti sifatida shuhrat qozongan. U dominikanlarning uyi boʻlgan Kyolnda maʼruzachi lavozimiga saylanganidan soʻng, bir necha yil davomida Regensburg, Freiburg, Strasbourg va Hildesheimda dars bergan. Kyolndagi birinchi maʼruzachilik davrida Albert „Yaxshilik summasi“ asarini yozgan[3]. 1245-yilda Albert Gerik Sen-Kventenskiy rahbarligida ilohiyot magistri boʻldi. Shundan soʻng Albert Parij universitetida doimiy professor sifatida ilohiyotni oʻrgatish imkoniyatiga ega boʻldi. Shu davr ichida Foma Akvinskiy Albertdan taʼlim olishni boshladi. Keyinchalik u Albertnning sevimli shogirdlaridan biriga aylangan va uni universitetlar hamda koʻplab sayohatlar davomida hamroh qilgan[4].

Albert birinchilardan Aristotelning deyarli barcha asarlarini sharhlab chiqqan va ularni keng akademik muhokamalar uchun ochib bergan. Aristotelni oʻrganish uni Islom olimlari olamiga olib kirdi. Xususan, Avitsenna taʼlimotlarini oʻrganishni va sharhlashni boshladi.

1254-yilda Albert Dominikan ordenidagi vazifalarini alohida eʼtibor va tirishqoqlik bilan bajargan. Albertning ushbu faoliyati Tevtoniya provintsiyasida unga ishonib topshirilgan ordenning rivojlanishi va birodarlar sonining oʻsishiga yordam berdi.

1259-yilda Albert Foma Akvinskiy, Bonushomo Britto[5], Florentsiy[6] va Petr bilan birga Valansenda boʻlib oʻtgan Dominikanlarning Umumiy kapitulasida ishtirok etgan. Unda dominikanlar uchun taʼlim dasturi boʻlgan oʻquv dasturini oʻrnatgan. Bu yangilik dominikan sxolastik falsafa anʼanasini boshlab bergan. 1265-yilda Rimda Sankt-Sabina monastiridagi ordenning „studium provinciale“da amalga oshirilgan boʻlib, undan keyinchalik Papa Foma Akvinskiy universiteti – „Angelicum“ paydo boʻlgan.

1260-yilda Papa Aleksandr IV uni Regensburg yepiskopi etib tayinlagan, ammo u ilmiy va ilohiy faoliyatiga toʻsqinlik qilingani sabab uch yildan soʻng bu lavozimdan voz kechgan. 1263-yilda Papa Urban IV uni yepiskoplikdan ozod qilgan va nemis tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda sakkizinchi salib yurishini vaʼz qilishni soʻragan. U oʻrtadagi nizolarni hal qilish uchun vositachilik qilgan.

Kyolnda u nafaqat Germaniyaning eng qadimgi universitetini asos solganligi bilan, balki 1258-yilda arxiyepiskop oʻrtasidagi nizoga yakun yasagan „Katta hukm“ (der Große Schied) bilan mashhur boʻlgan. Uning soʻnggi yutuqlaridan biri, sobiq shogirdi Foma Akvinskiyning taʼlimotini himoya qilishi boʻlgan.

Albert olim, faylasuf, astrolog, ilohiyotchi, diniy yozuvchi, ekumenist va diplomat boʻlgan. Humbert Rimiy himoyasida Albert barcha dominikan talabalar uchun oʻquv dasturini ishlab chiqqan. Aristotelning taʼlimotini universitetlarga kiritgan va neoplatonistlar asarlarini oʻrgangan[7].

1278-yilda sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng, u 1280-yil 15-noyabrda Germaniyaning Kyoln shahridagi dominikan monastirida vafot etgan. 1954-yil 15-noyabrdan buyon uning qoldiqlari Kyoln shahridagi Sankt-Andre dominikan cherkovi kriptidagi Rim sarkofagida saqlanmoqda. Uning jasadi vafotidan uch yil oʻtib birinchi eksgumatsiyada buzilmagan holda topilgan, 1483-yilda eksgumatsiya qilinganida faqat skelet qolgan[8].

Albertning 1899-yilda toʻplangan asarlari 38 jilddan iborat boʻlgan. Uning ishlari mantiq, ilohiyot, botanika, geografiya, astronomiya, astrologiya, mineralogiya, alximiya, zoologiya, fiziologiya, frenologiya, yurisprudensiya, doʻstlik va sevgi kabi sohalarda boʻlgan. U Aristotelning barcha asarlarini, lotin tilidagi tarjimalar va arab sharhlovchilarining izohlaridan olingan holda, cherkov taʼlimoti bilan muvofiq tahlil qilgan va tizimlashtirgan. Aristotel haqida hozirgi kunda mavjud boʻlgan koʻpgina bilimlar aynan Albert tomonidan saqlanib qolgan.

Albertning faoliyati, koʻproq falsafiy boʻlgan. Albert Aristotelning tabiatshunoslikka yondashuvi xristian falsafiy qarashlarini tabiiy jismlar tartibida rivojlanishiga hech qanday toʻsiq boʻlmasligini taʼkidlagan[9].

Albertning tabiatshunoslik sohasidagi bilimlari oʻz davri uchun ulkan boʻlgan. Albertning tabiiy fanlar sohasidagi koʻpgina empirik yutuqlari keyinchalik chetga surilgan, ammo uning ilmga umumiy yondashuvi ajablanarli darajada boʻlgan.

Buyuk Albert „Mashhur kimyogarlar“ rasmlari seriyasida (Chimistes Celebres, 1929).

Albert vafotidan keyin asrlar davomida uni alkimyogar va sehrgar sifatida tasvirlovchi koʻplab hikoyalar paydo boʻlgan. Alkimyoga oid koʻplab traktatlar berilgan, garchi u oʻz asarlarida bu masalani koʻtarmagan boʻlsada. Albert vafotidan keyin yillar davomida shakllangan alkimyoga oid ishlarni namoyish etuvchi soxta-albert asarlari tarqalishni boshlagan. Ular orasida „Metallar va materiallar“, „Kimyo sir-asrorlari“, „Metallar kelib chiqishi“, „Birliklarning kelib chiqishi“, „Falsafiy toshga oid kuzatishlar“ va boshqa asarlar kiradi. Unga mishyak elementini kashf etish va kumush nitrat kabi yorugʻlikka sezgir kimyoviy moddalar bilan tajribalar oʻtkazish kabi ishlar ham keltirilgan. U toshlarning okkultik xususiyatlariga ishongan va bu haqda De mineralibus asarida yozgan. Biroq, u shaxsan alkimyoviy tajribalar oʻtkazganiga oid kamdan-kam dalillar mavjud.

De animalibus („Hayvonlar haqida“) asari.

Astronomiya va astrologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta asrlardan yangi davrgacha astrologiya olimlar va ziyolilar tomonidan qabul qilingan boʻlib, ular yerda hayot aslida makrokosmos ichidagi mikrokosmos ekanligiga ishonishgan. Astrologiyani insonning ehtimoliy kelajagini bashorat qilish uchun foydalanish mantiqan toʻgʻri degan fikrni olgʻa surishgan. Albert osmon taʼsirlarini tushunish bizga xristianlik qonunlariga muvofiq hayot kechirishga yordam berishi mumkinligini taʼkidlagan. Uning astrologik qarashlari eng toʻliq tarzda, taxminan 1260-yilda yozilgan „Zerchalo Astronomii“ nomli asarida bayon etilgan.

axloq metafizikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tomonidan yozilgan ikki traktatlari ham yaxshilik tushunchalarining metafizik tadqiqotdan va moddiy yaxshilik tushunchasidan boshlanadi. Albert buni „tabiiy yaxshilik“ (bonum naturae) deb ataydi. Boshqa asarlarida Albert insoniy va axloqiy yaxshilik tushunchasini aniqlash uchun, avvalo yaxshi boʻlish va yaxshi ishlarni amalga oshirish nimani anglatishini tushuntirgan. Bu Albertning neoplatoniylikning yaxshilik nazariyalariga, boʻlgan qiziqishini aks ettiradi. Albertning qarashlari Katolik cherkovi va uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan.

Tabiiy fanlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albert Buyuk Yevropa ilm-faniga qadimgi yunon faylasuflari va arab olimlarining asarlarini olib kirgan. U tabiat hodisalarini, xususan, quyosh va oy tutilishi, kometalar, vulqonlar, issiq buloqlar, flora va faunani oʻrganish boʻyicha oʻzining tadqiqotlarini oʻtkazgan. Uning bu kabi ishlari uchun „Doctor universalis“ unvoni berilgan. Asosiy asarlari orasida De animalibus („Hayvonlar haqida“), De vegetalibus et plantis („Oʻsimliklar haqida“), De mineralibus („Minerallar haqida“), De caelo et mundo („Osmon va dunyo haqida“) mavjud.

  1. Joachim R. Söder, "Albert der Grosse – ein staunen- erregendes Wunder, " Wort und Antwort 41 (2000): 145; J. A. Weisheipl, "Albertus Magnus, " Joseph Strayer ed., Dictionary of the Middle Ages 1 (New York: Scribner, 1982) 129.
  2. Tugwell Simon.. Albert and Thomas,. New York Paulist Press, 1988 — 96–7-bet. 
  3. Kovach, Francs, and Rober Shahan.. Albert the Great: Commemorative Essays .. Norman, Oklahoma: University of Oklahoma Press, 1980. 
  4. Kennedy, Daniel. „St. Albertus Magnus.“ The Catholic Encyclopedia. Vol. 1. New York: Robert Appleton Company, 1907.
  5. Grange, Antoine Rivet de la; Clément, François; (Dom), Charles Clémencet; Daunou, Pierre Claude François; Clerc, Joseph Victor Le; Hauréau, Barthélemy; Meyer, Paul (1838). Histoire littéraire de la France: XIIIe siècle. Vol. 19. p. 103.
  6. Veroyatno, Florentiy iz Gidiniya (Florentius Gallicus), Histoire littéraire de la France: XIIIe siècle, Volume 19, p. 104.
  7. Carroll Cruz, Joan. The Incorruptibles: A Study of the Incorruption of the Bodies of Various Catholic Saints and Beati.. Charlotte, NC: TAN Books., 1977. ISBN ISBN 978-0-89555-066-8. 
  8. Füllenbach, Elias H.: The Canonization of Albert the Great in 1931, in: Fra trionfi e sconfitte. „Politica della santità“ dell’Ordine dei predicatori, ed. by Viliam S. Doci and Gianni Festa, Rome 2021 (Dissertationes Historicae, vol. 39), p. 131—147.
  9. Wolpert Lewis. "Much more from the chicken's egg than breakfast – a wonderful model system".. Mechanisms of Development.. PMID 15296967. ISBN ISSN 0925-4773. 
  • Albert Velikiy: Gaydenko V. P., Shishkov A. M. // A – Anketirovanie. – M.: Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2005. – S. 548. – (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya: / gl. red. Yu. S. Osipov; 2004—2017, t. 1). – ISBN 5-85270-329-X.
  • Albert fon Bolshtedt // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Pernatev Yu. S. Uchyoniy orakul Albert Velikiy // Prorochestva znamenitix yasnovidyaщix. – Belgorod—Xarkov: Knijn. klub „Klub semeynogo dosuga“, 2014. – S. 13—15. – 400 s. – (Mifi. Tayni. Zagadki). – 18 000 ekz. – ISBN 978-5-9910-2817-2.
  • Fokin A. R. Albert Velikiy // Novaya filosofskaya ensiklopediya / In-t filosofii RAN; Nats. obщestv.-nauch. fond; Preds. nauchno-red. soveta V. S. Styopin, zamestiteli preds.: A. A. Guseynov, G. Yu. Semigin, uch. sekr. A. P. Ogursov. – 2-e izd., ispr. i dopol. – M.: Misl, 2010. – ISBN 978-5-244-01115-9.
  • Fokin A. R., Uskov N. F. Albert Velikiy // Pravoslavnaya ensiklopediya. – M., 2001. – T. II : „Aleksiy, chelovek Bojiy – Anfim Anxialskiy“. – S. 72—75. – 752 s. – 40 000 ekz. – ISBN 5-89572-007-2.
  • Albert the Great // Stanford Encyclopedia of Philosophy.
  • Kennedy, D. St. Albertus Magnus // The Catholic Encyclopedia. Vol. 1. New York: Robert Appleton Company, 1907. 9 Aug. 2012.