Aleksandr Askochenskiy
Aleksandr Askochenskiy | |
---|---|
Tavalludi |
5-sentyabr 1898-yil Voronej guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
5-mart 1973-yil (74 yoshda) Moskva, RSFSR |
Istiqomat joylari | Toshkent, Moskva |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | gidrotexnika, melioratsiya |
Ish joylari | Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (VASXNIL) |
Taʼlimi | Leningrad temir yoʻl injenerlari instituti |
Mukofotlari |
Aleksandr Nikolayevich Askochenskiy (1898-yil 5-sentyabr, Verxniy Lomovsk qishlogʻi, Voronej guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1973-yil 5-mart, Moskva, RSFSR) – muhandis-irrigator, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943), professor (1939), Leningrad temir yoʻl injenerlari institutini tugatgan (1925). Oʻrta Osiyo irrigatsiya va meliorativ qurilishi instituti (Sredazgiprovodxlopok) bosh muhandisi (1931—1939), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1948—1950), soʻnggi yillarda sobiq Ittifoqda qishloq xoʻjaligi boʻyicha mas’ul lavozimlarda ishlagan. Askochenskiyning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo suv resurslarini oʻrganish, paxta ekiladigan rayonlarni sugʻorish va melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan. Katta Fargʻona kanali, Qoraqum kanalini loyihalash va qurishda qatnashgan[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1898-yil 24-avgust (5-sentyabr) kuni Voronej guberniyasi Verxniy Lomovsk qishlogʻida (hozirgi Lipetsk viloyati Dolgorukovskiy tumanida) hisobchi oilasida tugʻilgan.
Voronejdagi imperator Pyotr I nomidagi shahar 8-sinf oʻrta mexanika-texnika bilim yurtini tamomlagan. Politexnikumda oʻqigan. 1920-yilda Voronejdagi Amaliy institutga oʻqishga kirdi. 1922-yilda institut yopilishi munosabati bilan u Petrograd temir yoʻl injenerlari institutiga oʻqishini koʻchirdi va uni 1925-yilda tamomladi. Institutni tugatgach, u Syasstro boshqaruviga yuborildi va Nijnesvir gidroelektr stansiyasida toʻgʻon qurilishida muhandis-konstruktor boʻlib ishladi.
1926-yilda Oʻrta Osiyoga koʻchib keladi. Katta muhandis, „Sredazvodxoz“ tadqiqot partiyasi boshligʻi (1926—1930), „Sredazvodproiz“ (Sazgiprovod) bosh muhandisi boʻlib ishlagan (1930—1940). Oʻzboʻy daryosi oʻzani va Sariqamish koʻli hududida tadqiqot ishlari olib borgan, Amudaryo suv resurslaridan kompleks foydalanish va Qoraqum choʻlini sugʻorish boʻyicha loyihalar ishlab chiqqan. Shu bilan birga, u boshqa ilmiy lavozimlarda – Qozogʻiston SSR Davlat plan komiteti suv boʻlimi ilmiy xodimi (1927), Qozogʻiston SSR SSNX Upromstroy (1927—1928), Kazvodxoz (1928—1929) bosh muhandisi lavozimlarida ham ishlagan. Oʻrta Osiyo paxta irrigatsiya institutida dars bergan (1931—1934), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida gidromelioratsiya kafedrasi mudiri (1936—1950), 1939-yildan professor. Katta Fargʻona, Janubiy Fargʻona va Shimoliy Fargʻona kanallarini loyihalash va qurishga rahbarlik qilgan.
1940—1948-yillarda – „Chirchiqqurilish“ qurilish-montaj trestining boshqaruvchisi, bosh muhandisi. Chirchiq daryosidagi meliorativ energetika majmuasini, jumladan, Chirchiq-Boʻzsuv va Farhod GESlarini loyihalash va qurishda qatnashgan. 1943-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, 1948—1950-yillarda esa OʻzFA vitse-prezidenti etib saylangan. 1944-yildan VKP(b) aʼzosi.
1950-yilda Moskvaga SSSR paxtachilik vazirining oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazildi. SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi kollegiyasi aʼzosi (1953—1955), SSSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari (1955—1957)[2].
1956-yildan – Butunrossiya qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining akademigi[3]. Akademiyada Prezidium aʼzosi (1957—1961), Gidrotexnika va melioratsiya kafedrasi akademik-kotibi (1957—1961, 1963—1973), Birinchi vitse-prezident (1961—1963) lavozimlarida faoliyat olib borgna.
Amudaryodan Ashxobodgacha boʻlgan Qoraqum kanalining uch bosqichi qurilishiga rahbarlik qilgan. Koʻp sonli gidrotexnik inshootlar va yirik tizimlarni loyihalash va qurish boʻyicha maslahatchi, Suv xoʻjaligi vazirligi, SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi, SSSR Davlat plan qoʻmitasi ilmiy-texnik kengashlarida va boshqa tashkilotlarda mutaxassis boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Ukraina, Kavkaz va SSSRning boshqa mintaqalarida har qanday yirik meliorativ va gidrotexnika qurilishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan. A. N. Askochenskiy daryo oqimini mintaqalararo qayta taqsimlash tarafdori boʻlgan. Sugʻorish usulini keng qoʻllash yopiq sugʻorish tarmogʻiga oʻtishni taqozo etishini va shoʻrlanishga moyil yerlarni sugʻorishda drenaj ishlari zarurligini isbotladi. SSSR irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasining doimiy raisi, irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyaning aʼzosi, ushbu komissiya raisining oʻrinbosari boʻlgan. Uning 100 ga yaqin ilmiy ishlari nashr etilgan boʻlib[2], ular orasida Oʻrta Osiyoning suv resurslari va ulardan kompleks foydalanishga oid ishlar alohida ajralib turadi[4].
1973-yil 5-martda vafot etgan. Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni hamda O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan (1968-yil 4-sentyabr) – mahalliy gidrotexnika va melioratsiyaga qoʻshgan ulkan ilmiy va amaliy hissasi uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan;
- Lenin mukofoti (1965)[2];
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1958-yil 4-sentyabr);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957-yil 11-yanvar);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 16-yanvar);
- Qizil Yulduz ordeni (1946-yil 23-yanvar);
- Lenin ordeni (1945-yil 1-aprel);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1943-yil 30-sentyabr);
- Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr);
- „Hurmat Belgisi“ ordeni (1939-yil 21-yanvar) – qishloq xoʻjaligidagi yuksak yutuqlari va ayniqsa, paxtachilik rejasini ortigʻi bilan bajarganligi uchun
- Medallar.
Tanlangan bibliografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta sovet ensiklopediyasi va Markaziy ilmiy qishloq xoʻjaligi kutubxonasidagi biografik maqolalariga koʻra quyidagi asarlari mavjud[4][5]:
- Janubiy Xorazm suv xoʻjaligi qurilishi obyekti sifatida. – Toshkent, 1933. – 79 b.
- SSSRda yerlarni sugʻorish va yuvish. – M.: Selxozizdat, 1961. – 87 b.
- SSSRda sugʻorish va suv taʼminoti. – M .: Kolos, 1967. – 216 b.
- Sugʻorish masalalari: Tanlangan maqolalar va hisobotlar. – Toshkent: Fan, 1969. – 144 b.
- Qishloq xoʻjaligining ilmiy-texnik muammolari / Tuzuvchi S. A. Vorobiev. – M.: Znanie, 1970. – 89 b.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Воробьёв Валерий. „Аскоченский Александр Николаевич“ (ru). Герои страны. 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ Аскоченский Александр Николаевич // Katta sovet ensiklopediyasi (ru), Moskva, 2016. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Аскоченский Александр Николаевич / Шумаков Б. Б. // Экслибрис, 30-tom (ru), Moskva: Katta sovet ensiklopediyasi, 1978 — 576-bet.
- ↑ „Аскочинский Александр Николаевич“ (ru). Биографическая энциклопедия РАСХН, ВАСХНИЛ, РАН. ФГБНУ «Центральная научная сельскохозяйственная библиотека». 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 5-sentyabrda tugʻilganlar
- 1898-yilda tugʻilganlar
- Voronej guberniyasida tugʻilganlar
- 5-martda vafot etganlar
- 1973-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- 5-sentabrda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari