Aleksandr Grotengelm
Aleksandr Grotengelm | |
---|---|
Asl ismi | nemischa: Alexander Eduard Magnus von Grotenhjelm |
Tavalludi |
1831-yil 5-iyun Estlandiya guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1899-yil 5-iyul Katlakalns, Rossiya imperiyasi |
Qoʻshin turlari |
flot qoʻshinlari piyoda qoʻshinlar |
Xizmatdagi yillari |
1842—1850 1852—1894 |
Unvoni | general-leytenant |
Jang/urush |
Qrim urushi Xiva yurishi (1873) |
Aleksandr Aleksandrovich Grotengelm (nemischa: Alexander Eduard Magnus von Grotenhjelm ; 1831-yil 5-iyun – 1899-yil 5-iyul) – rus general-leytenanti, Sevastopol mudofaasi qahramoni, Ochakov komendanti.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estoniya zodagonlaridan. Polkovnik Aleksandr Maksimovich Grotengelm (1790—?) va Sharlotta Vilgelmina (1797—1872) ning oʻgʻli. General-leytenant M. M. Grotengelmning jiyani.
1842-yil 19-oktyabrdan dengizchilar kadet korpusida tahsil olgan. 1846-yil 25-avgustda michman lavozimiga tayinlangan. 1848-yil 13-iyunda Qora dengiz flotiga michman sifatida xizmatga yuborilgan, „Vladimir“ bugʻli fregati va „Dvenadsat apostolov“ kemasida xizmat qilgan. 1850-yil 1-noyabrda nafaqaga chiqqan. 1852-yilda Vladimir piyodalar polkida praporshik sifatida qayta faoliyat boshlagan va 1854-yil 17-martda ikkinchi leytenant unvoniga sazovor boʻlgan[1].
Qrim urushi paytida Alma jangida qatnashib, bu yerda boshidan yaralangan. Balaklava va Inkerman yaqinida, 1855-yil 25-martdan 27-avgustgacha Sevastopol garnizonida boʻlgan va bu yerda bir necha joyidan yaralangan. Oʻsha yil 26-aprelda oʻng parietal suyagidan yaralangan, 27-aprelda chap tizzasidan kontuziyalangan, 27-avgustda shaharga hujum paytida – oksipital suyagiga miltiq oʻqi tekkan.. Xizmatlari uchun leytenant va shtab kapitanligi umvonlarini olgan.
Urushdan keyin harbiy xizmatni davom ettirgan. 1872-yil 6-fevralda podpolkovnik Grotengelm Xiva yurishida qatnashuvchi 2-Orenburg saf batalyonining komandiri etib tayinlangan. 1877—1887-yillarda Amudaryo boʻlimi boshligʻi boʻlgan, 1882-yil 30-avgustda esa unga general-mayor unvoni berilgan.
1887—1890-yillarda 8-piyoda diviziyasining 1-brigadasi qoʻmondoni boʻlgan, eng oliy mukofot bilan taqdirlangan. 1890-yil 22-avgustda Ochakov qal’asining komendanti etib tayinlangan va 1893-yil 30-avgustda general-leytenant unvoniga sazovor boʻlgan. 1894-yilda nafaqaga chiqadi. Keyinchalik Riga yaqinidagi Depkinshoffga[lv] joylashib, bu yerda 1899-yil 23-iyundan 24-iyunga oʻtar kechasi tomoq saratonidan vafot etadi[2]. Katlakalnsdagi cherkov qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garlib Merkelning nabirasi Amaliya Lemann (1843—1911) bilan turmush qurgan[3]. Ularning nikohidan 2 farzand, shu jumladan oʻgʻli Aleksandr Aleksandrovich (1870-?) dunyoga kelgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Высочайшие приказы о чинах военных. 1854 г., с 1 января по 30 июня“. 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
- ↑ „Латвийский Государственный исторический архив, ф.235, оп. 12, д. 766, л. 23 об.—24, № 49“. 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
- ↑ „Jūrnieks, № 48 (30.11.1911)“. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Гротенгельм Александр Александрович“, Список генералам по старшинству. Составлен по 1-е сентября 1893 года. СПб.: Военная типография в здании Главного Штаба, 1893 — 400-bet.
- Некролог в газете Düna Zeitung, № 138, 25 июня 1899 г.
- Общий Морской Сборник. Часть IX: Царствование Николая I. — СПб., 1897. С. 658.
- Рерберг П.Ф. "Севастопольцы". Участники 11-ти месячной обороны Севастополя в 1854-1855 годах. Т. 3. — СПб., 1907. л. 21-1.
- Pikoff E. Landsmän i ryska marinen 1808—1918. Helsinki — Helsingfors, 1938. S. 79.