Aleksandr Menshikov
Qiyofa
Aleksandr Danilovich Menshikov (1673–1729) — Pyotr I ning safdoshi, shavkatli knyaz (1707), generalissimus (1727). Saroy otboqarining oʻgʻli. 1700–1721-yillardagi Shimoliy urush davrida yirik sarkarda. 1718–24 va 1726–27 yillarda Harbiy kollegiya prezidenti. Yekaterina I davrida amalda davlat hukmdori. Imperator Pyotr II tomonidan Beryozov (hozirgi Tyumen viloyatidagi Be-ryozovo qishlogʻi)ga surgun qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |