Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksander saroyi
Александровский дворец

Aleksander saroyi 2010-yil
Umumiy maʼlumot
Turi Imperator qarorgohi
Mamlakat Russia
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Giacomo Quarenghi
Aleksandr saroyi

Aleksandr saroyi (ruscha: Александровский дворец , Aleksandrovskiy dvorets) — Rossiyaning Tsarskoye Selo shahridan taxminan 30 milya (48 km) uzoqlikda joylashgan sobiq imperator qarorgohi. Saroy 1792-yilda Tsarina Yekaterina II (Buyuk) tomonidan qurilgan.

Saroy Rossiya imperatori Nikolay II va uning oilasining yaxshi ko'rgan qarorgohi edi. Uning xavfsizligi va ko'zdan uzoqligi bilan Qishki saroydan ustun edi. 1917-yilda saroy Birinchi jahon urushida, Romanovlarni taxtdan ag'dargan fevral oyida sodir bo'lgan rus inqilobidan keyin oilaning qamoqxonasiga aylandi. Ko'p yillik ta'mirdan so'ng, Aleksandr saroyi 2021-yilning yozida sobiq imperator sulolasining yodgorliklari joylashgan davlat muzeyi sifatida ochildi[1].

Buyuk Yekaterina davridagi qurilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rassom Iogann Baptist fon Lampi Elder tomonidan chizilgan Rossiya imperatori Yekaterina II portreti

Aleksandr saroyi, Tsarskoe Selo shahri yaqinida, imperator poytaxti Sankt-Peterburgdan 30 mil janubda qurilgan. SaroynTsarina Yekaterina II (Buyuk Yekaterina) tomonidan (1729-1796, hukmronlik qilgan) tomonidan o'zining sevimli nabirasi, Buyuk Gersog Aleksandr Pavlovich, bo'lajak imperator (podshoh) Aleksandr I uchun qurdirgan.

Neoklassik bino Giacomo Quarenghi tomonidan rejalashtirilgan. 1792 va 1796-yillar orasida qurilgan[2].

Buyuk Gertsog Aleksandr Pavlovich va Buyuk Gertsog Yelizaveta Alekseyevnaning uyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buyuk Gertsog Aleksandr Pavlovich, Vladimir Borovikovskiy (1800)
Buyuk Gersoginya Elizabeth Alekseyevna, Vige Le Brun (1795)

Alexander buvisi va otasi Pavel hukmronligi davrida saroydan yozgi qarorgoh sifatida foydalangan. Ammo u imperator bo'lganidan keyin kattaroq Ketrin saroyida yashashni tanladi.

Nikolay I davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Frants Krüger tomonidan imperator Nikolay I
Aleksandra Fedorovna 1860-yilda, vafot etgan

Aleksandr I saroyni foydalanish uchun ukasi, bo'lajak Nikolay I ga berdi. O'sha paytdan boshlab bu joy taxt vorisining yozgi qarorgohiga aylandi. 1830—1850-yillarda D.Serfolio, A.Thon, D.Yefimov, A.Stakenshnayder va boshqalar satoyda qayta bezash ishlarini olib borishdi. Nikolay hukmronligi davridagi saroyning rasmiy va shaxsiy xonalarida E. Hau, L. Premazzi va Volskiyning nafis akvarellarida ko'rish mumkin. Nikolay I va uning oilasi erta bahordan may oyining oxirigacha saroyda yashashgan. 1842-yilda imperator juftligi kumush to'ylarini ayni shu saroyda nishonladilar. Ikki yil o'tgach, oila saroyda Nikolayning qizi Buyuk Gersoginya Aleksandra (1825-1844) vafot etdi. 1860-yil 19-oktabrda imperator Aleksandra Fedorovna ham saroyda vafot etdi.

Aleksandr III va Mariya Fedorovna davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr III va uning rafiqasi Mariya Fedorovnalarning kvartiralari saroyning g'arbiy qanotida bog'lar yaqinida edi. Imperator taxtiga o'tirishdan oldin Mariya Aleksandr saroyida to'ng'ich farzandi bo'lajak Nikolay II ni dunyoga keltirdi. O'sha paytdagi hukmdor Aleksandr kundaligida birinchi farzandining tug'ilishi bilan bog'liq muhim voqeani qayd etgan.

Aleksandr va Mariyaning birinchi farzandi tug'ilishida butun imperator oilasi ishtirok etdi.

Aleksandr III vafotidan keyin Mariya Fedorovna o'g'li (Tsar Nikolay II) va kelini (Aleksandra Feodorovna) bilan birga saroyda qoladi.

Nikolay II va Aleksandra Fedorovna davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rossiya imperator oilasi, 1913-yil. Chapdan o'ngga: Buyuk Gersoginya Mariya, Empress Aleksandra, Buyuk Gersoginya Olga va Tatyana, Imperator Nikolay II va Buyuk Gersoginya Anastasiya. Tsarevich Aleksey ota-onasining oldida o'tiribdi.
1916-yilda imperator oilasining a'zolari.

Saroy oxirgi podshoh Nikolay II davrida o'ynagan roli mashhur. U va uning rafiqasi Aleksandra Fedorovna har doim Aleksandr saroyini yaxshi ko'rar edilar. Ular qishki saroydan qonli yakshanba voqealaridan keyin doimiy yashash joyi sifatida foydalanishmadi. Ular sobiq ikki qavatli bal zalini Chinor xonasi[3] va Yangi Study[4] qilib qayta qurishdi, yuqori qavatda bolalari uchun xonalarni qo'shishdi. Sudning ma'lumotlariga ko'ra, Aleksandra va uning me'mori Meltzer o'sha paytdagi zamonaviy bezak uslubini tanlaganlar. Saroydagi eng mashhur xonalardan biri Aleksandraning binafsha rangli xonasidir[5].

Saroyning kichkina modeli, Piter Karl Faberge

Nikolay II hukmronligi davrida saroyga elektr simlari tortilgan va telefon tizimi bilan jihozlangan. 1899-yilda imperatorning to'plamini ikkinchi qavatdagi bolalar xonalari bilan bog'laydigan gidravlik lift o'rnatildi.

Romanovlar uy qamog'ida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nikolay II 1917-yil mart oyida taxtdan voz kechganidan keyin Tsarskoye Seloda qo'riqchi nazorati ostida

Nikolay II 1917-yil 2'martda Rossiya taxtidan voz kechdi. O'n uch kundan keyin u Aleksandr saroyiga Rossiya imperatori sifatida emas, balki polkovnik Romanov sifatida qaytib keldi. Imperator oilasi endi uy qamog'ida edi[6]. Aleksandr Kerenskiyning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan asirlik rejimi imperator oilasi hayotida qat'iy cheklovlarni o'rnatdi: tashqi dunyodan izolyatsiya, parkda sayr qilish paytida qo'riqlash, tasdiqlangan xatlardan tashqari har qanday aloqa va yozishmalarni taqiqlash[6].

Muvaqqat hukumat rahbari Aleksandr Kerenskiy Sankt-Peterburgdagi vaziyat tobora og'irlashib borayotganligi sababli Romanovlar oilasini Sibirdagi Tobolskga surgun qilish to'g'risida qaror qabul qildi. Mahbuslarni Sankt-Peterburgdagi mashhur Petropavlovsk qamoqxonasiga joylashtirish taklifi bo'lgan edi.

Romanovlardan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanovlar Sibirga jo'nab ketganidan keyin, Aleksandr saroyida muzey tashkil etildi. U Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga qadar faoliyat yuritdi. Urushning boshida eng qimmatbaho mebellar mamlakatning ichki qismlariga olib ketildi. Qolgan buyumlar podvalda yashirilgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida nemis istilosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis fashistlari ishg'oli paytida saroy nemis harbiy qo'mondonligining shtab-kvartirasi sifatida ishlatildi. Saroy oldidagi maydon SS askarlari qabristoniga aylantirildi. Badiiy va tarixiy jihatdan noyob kolleksiyalar qisman yo'q qilindi. Nemis qo'shinlari Sovet Ittifoqini tark etar ekalar ko'plab sobiq imperator saroylarini yondirib yuborishdi. Aleksandr saroyi yong'indan saqlanib qoldi.

Urushdan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis qo'shinlari quvib chiqarilgandan so'ng, saroy hududi san'at asarlari uchun ombor sifatida ishlatilgan. Bir muncha vaqt Aleksandr saroyining ichki qismini qayta tiklash rejalashtirilgan edi, ammo bu qaror bekor qilindi. Yangi reja Pushkinning muzeyini yaratish edi. Imperator oilasining shaxsiy xonalari oddiy ko'rgazma zallariga aylantirildi. Keyin muzey rejasi to'xtatildi va saroy Sovet dengiz flotiga topshirildi. Saroyning ko'plab sobiq kolleksiyalari hali ham mavjud edi, ammo ular Pavlovsk saroyi kabi boshqa muzeylarga ko'chirildi.

Sovet dengiz floti majmuani bo'shatish niyatida ekanligini ma'lum qilganda, Aleksandr saroyi 1996-yilda Butunjahon yodgorlik fondi (WMF) tomonidan Butunjahon yodgorliklarini kuzatish ro'yxatiga kiritilgan. O'sha yili American Express tomonidan moliyalashtirilgan WMF binoning Nikolay II saroyining chap qanoti ustidagi tomni favqulodda ta'mirlashda yordam berdi[7].

Nikolay Bodarevskiy tomonidan imperator Aleksandra Fedorovnaning portreti, 1907-yil
2010-yildagi restavratsiyadan so'ng yarim doira zal

1997'yilning yozida imperator oilasiga bag'ishlangan ko'rgazma ochildi. Qabul xonasining ayrim elementlari, Nikolay II ning yangi ishxonasi va Aleksandra Fedorovnaning rasm xonasi tarixiy liboslar, qurol-yarog'lar va amaliy san'at buyumlari fon yaratish uchun qayta yaratildi. Fridrix fon Kaulbaxning Aleksandra Fedorovna portreti asl holatiga qaytarildi. So'nggi imperator oilasi kiygan kiyimlar va podsho Nikolay II saroyiga tegishli kiyimlar ham namoyish etildi. Bu kiyimlardan Ikkinchi Jahon urushida saroydan evakuatsiya qilingan qimmatroq narsalar uchun o'rash uchun sumka sifatida foydalanilgan. 2014-yilda Rossiya hukumati imperator oilasining turar-joylarini to'liq qayta tiklash uchun nihoyatda katta mablag' ajratdi. 2015-yil sentabr oyida saroy ushbu yirik ko'p yillik loyiha uchun[8] jamoatchilikka yopildi.

Aleksandr saroyi

2021-yil avgust oyida Nikolay II va Aleksandra Fedorovnaning shaxsiy kvartiralarida restavratsiya ishlari tugallangandan so‘ng saroyning sharqiy qanoti tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi[9]. Bir paytlar Nikolay II bolalarining xonalari joylashgan bu qanotning birinchi qavatida hozir turli imperatorlarning farzandlariga tegishli buyumlar ko‘rgazmasi joylashgan.

Hozirda g'arbiy qanotni ta'mirlash bo'yicha rejalar amalga oshirilmoqda. Ta'mirlash 2024-yildan oldin yakunlanishi kutilmoqda.

  • Xitoy qishlogʻi — Aleksandr saroyi bogʻidagi Chinoiserie qismi
  • Keyrin saroyi — Tsarskoe Selodagi yana bir saroy
  • Gatchina saroyi — Nikolay II ning ota-onasining yozgi qarorgohi
  • Pavlovsk — Pavel I va uning rafiqasi Mariya Fedorovnaning saroyi
  • Peterhof — Nikolay II ning yozgi qarorgohi
  1. Nechepurenko, Ivan. „Russia Reopens the Last Czar's Palace, a Century After His Execution“ (en-US). The New York Times (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  2. The Alexander Palace by I.Bott & V.Faybisovich 1977
  3. Design. „Maple Room – Blog & Alexander Palace Time Machine“. alexanderpalace.org.
  4. Design. „The New Study – Blog & Alexander Palace Time Machine“. alexanderpalace.org.
  5. Design. „Mauve Room – Blog & Alexander Palace Time Machine“. alexanderpalace.org.
  6. 6,0 6,1 Nicholas II by O. Barkovets and V. Tenikhina (St. Petersburg 2004)
  7. „Alexander Palace“.
  8. „Alexander Palace, Tsarskoe Selo, St. Petersburg“. saint-petersburg.com.
  9. Gilbert. „First stage of Alexander Palace restoration cost $30 million“ (en). Nicholas II (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.