Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Baksov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Baksov
Asl ismi ruscha: Алексей Иванович Баксов
Tavalludi 18-mart 1907-yil
Bolshaya Kamishinka, Petrovsk tumani, Saratov viloyati
Vafoti 26-noyabr 1986-yil(1986-11-26)
(79 yoshda)
Moskva, RSFSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari Ichki ishlar xalq komissarligi
piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1926-1972-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasi general-polkovnik
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

|||

|||

Aleksey Ivanovich Baksov (ruscha: Алексей Иванович Баксов; 1907-yil 18-mart — 1986-yil 26-noyabr) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944).

1907-yil 18-martda Saratov viloyati Petrovsk tumanidagi Bolshaya Kamishinka qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bilan tugatgan. Toshkent pasport stolida ishlagan. 1926-yilda Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Sovet Armiyasi safiga chaqirildi va Toshkent shahriga koʻchirib keltirilgan Vladimir Lenin nomidagi birlashgan harbiy maktabga (hozirgi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti) yuborildi[1].

1929-yil sentabrdan Oʻsh chegara komendaturasi zastavasi boshligʻi yordamchisi va boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Bosmachilarga qarshi janglarda qatnashgan. 1939-yil Mixail Frunze nomidagi harbiy akademiyani bitirgan[2].

1941-yil iyundan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Gvardiya general-mayori Aleksey Baksov 67-gvardiya motooʻqchi diviziyasiga (6-gvardiya armiyasi, 1-Boltiqbo‘yi fronti) boshchilik qildi. Oʻz diviziyasi bilan Vitebskning shimoli-gʻarbidagi dushman mudofaasini yorib oʻtib, Daugava daryosini kechib oʻtdi. Gvardiya general-mayori Aleksey Baksov boshchiligi ostida 67-gvardiya motooʻqchi diviziyasi janglari mobaynida 253 ta aholi yashash punktlarini ozod etdi va dushmanning koʻp sonli tirik kuchi hamda texnikasini yoʻq qildi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi farmoni bilan „Diviziya qismlarini mohirlik bilan boshqarganligi va Gʻarbiy Dvina daryosi kechuvini taʼminlaganligi va dushmaning vitebsk guruhlarini qoʻlga olishda koʻrsatgan jonbozligi va qahramonligi uchun“, gvardiya general-mayori Aleksey Baksov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[4].

Urushdan keyin Aleksey Baksov armiyada xizmatni davom ettirdi. 1948-yil SSSR QK Bosh shtab akademiyasini tamomladi. SSSR MVning turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. General-polkovnik Baksov 1972-yilda isteʼfoga chiqqan. 1986-yili vafot etgan.

  1. war-heroes.uz. „BAKSOV ALEKSEY IVANOVICH“.
  2. «На боевом посту» (журнал ВВ МВД СССР). „Баранов В. Он возрождал болгарскую армию“.
  3. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  4. warheroes.ru. „Баксов Алексей Иванович“.