Kontent qismiga oʻtish

Ali ibn Abu Tolibning Hamdonga yurishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ali ibn Abu Tolibning Hamdonga yurishi[1] Yaman xalqini Islomga daʼvat qilish uchun olib borilgan boʻlib, milodiy 631-yilda (hijriy 10-yil) sodir etilgan[2].

Harbiy yurish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonlik musulmon muallifi Safiur Rahmon Muborakpuriy tomonidan yozilgan Muhammadning zamonaviy islomiy agiografiyasi „Ar-Rahiq al-Makhtum“ga koʻra, Xolid ibn al-Validga Banu Hamdon ahlini Islomga daʼvat qilish topshirilgan. Xolid ibn Valid ularni Islomga chaqirish va musulmonlikni qabul qilishlari uchun 6 oy davomida harakat qiladi, biroq bu harakatlarning barchasi foydasiz yakunlanadi. Shundan keyin Muhammad Ali ibn Abu Tolibni Banu Hamdon tomon yuboradi, Xolid ibn Volid esa ortiga, Muhammadning huzuriga qaytib keladi. Ali ham ularni Islomni qabul qilishga chaqiradi (ularga Muhammadning xabarini yetkazadi), va nihoyat, qabila vakillari bu dinni qabul qiladilar. Xolid ibn Valid Hamdon ahlini 6 oy davomida Islomga chaqirishga uringan[3], ammo Ali 1 kunda barcha qabila vakillarini musulmonlikni qabul qilishga koʻndirishga muvaffaq boʻlgan[4].

  1. Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 239-bet. ISBN 978-9960-897-71-4. 
  2. Rahman al-Mubarakpuri, Saifur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 290-bet
  3. Rahman al-Mubarakpuri, Saifur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 290-bet
  4. Playfair, Sir Robert Lambert. A history of Arabia Felix or Yemen, from the commencement of the Christian era to the present time: including an account of the British settlement of Aden. Education Society's Press, 1859 — 79-bet.  Original from: Oxford University (according to Google books)