Ali ibn Ahmad al-Xuzoʼiy
Qiyofa
Ali ibn Ahmad al-Xuzoʼiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 938-yil (hijriy 326-yil) |
Vafoti |
milodiy 1020-yil (hijriy 411-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Ali ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Hasan al-Xuzoʻiy al-Balxiy (Abul Qosim) — muhaddis. U „Bo‘ri bilan gaplashgan“ laqabli Uhbon ibn Iyoz Xuzoʻiyning avlodlaridan. U milodiy 938-yil (hijriy 326-yil) rajab oyida tavallud topgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Ilm talabi bilan Buxoro, Balx, Samarqand va Nasafga safar qilgan.
Ali ibn Ahmad al-Xuzoʻiy milodiy 1020-yil (hijriy 411-yil)ning safar oyida Buxoroda vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 45-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |