Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ali muhammaddan yoʻnaltirildi)
Muhammad Ali
Statistikasi
Asl ismi Cassius Marcellus Clay Jr
Laqabi Buyuk Ali
Vazni Ogʻir vazn
Millati Amerikalik
Tavalludi 17-yanvar 1942-yil
Louisville (Kentucky), AQSH
Vafoti 3-iyun 2016-yil(2016-06-03)
(74 yoshda)[1]
Arizona,AQSH


Muhammad Ali (Cassius Marcellus Clay Jr. 17.01.1942 — 03.06.2016) — amerikalik professional bokschi va hayriyachi. 20- asrning eng taniqli sport arboblaridan va eng buyuk bokschilaridan biri sifatida tanilgan.Yarim og‘ir vaznda Olimpiada oʻyinlari chempioni (1960). Professional bokschilar o‘rtasida og‘ir vaznda bir necha bor jahon chempioni (1964—1974).1961-yilda Islom dinini qabul qildi va ismini Muhammad Aliga oʻzgartirdi.Unga Buyuk Ali laqabini berishgan.

Oval Ofis Prezident Ronald Reagan va Muhammed Ali. 1983-yil Oq Uy
Ali va uning rafiqasi prezident George W. Bush bilan Oq Uydagi mukofot topshirish marosimida. 2005 -yil.

Musulmon boʻlishdan oldin uning ismi Cassius Marcellus Clay Jr edi. Ali 1942-yil 17-yanvarda Kentukki shtatining Louisville shahrida tugʻilgan. U afro-amerikalik va irlandiyalik .12 yoshida boks bilan tanishgan va koʻp oʻtmay AAU va „Oltin qoʻlqop“ milliy chempionatlarida havaskorlar rekordini oʻrnatgan. U 1960-yilda Rimda ogʻir vaznda oltin medalni olib, professional ligaga qaytdi. 18 yoshida Rim Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng uning obroʻsi tez oʻsishni boshladi.

1964-yilda 22 yoshida S. Listonni magʻlubiyatga uchratib Jahon chempioni boʻldi. U bu gʻalabadan keyin oʻz dinini oʻzgartirib, Islomni qabul qilganini eʼlon qildi. Muhammad Ali ismini oldi va 1967-yildan 1970-yilgacha boksda tanaffus qildi.

Vetnamliklar menga hech qanday yomonlik qilishmadi, men ularga qarshi kurashishim mumkin emas“ deya Vetnam urushiga bormadi.Urushga birmagani uchun 5 yil qamoq jazosi va 10 ming dollar jarimaga tortildi. Litsenziyasi va pasporti olib qoʻyildi, u sud jarayonida moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi va bankrot boʻlganligini eʼlon qildi. U oʻz oilasi va universitetlarda bergan pullari evaziga oʻz daromadini tikladi. 1970-yilda yana boksga qaytdi. 1971-yilda „asr uchrashuvi“ deya atalgan jangda Jo Freyzerga yutqazdi. Bu professional boks faoliyatida birinchi marta yutqazishi etdi. Keyinchalik uning jagʻi sindirilgan oʻyinda Ken Nortonga yutqazdi. Oʻzi va qarindoshlaridan tashqari koʻp odamlar uning martabasi tugadi deb oʻylashdi. Ammo u chempionlik uchun kurashgan bokschilarni ketma-ket magʻlub etdi. U Ken Norton bilan javob uchrashuvini oʻtkazdi va uni magʻlubiyatga uchratdi.

1973-yilda Jo Freyzer bilan titul uchrashuvi uchun shartnoma imzoladi. Orada faqat Jo Freyzer — Jorj Forman uchrashuvi qoldi. Frazierni kutilmagan tarzda ikki raundda nokautga uchratishdi. Shunday qilib Ali avval Frayzer bilan oʻynadi, soʻngra Foreman bilan uchrashuv tashkil qildi va ikkala oʻyinda ham nokaut evaziga gʻalaba qozondi. 1978-yilda L.Spinksga yutqazib, keyin oʻsha yili raqibini magʻlubiyatga uchratganidan soʻng uch marta Jahon chempionatida gʻolib chiqqan tarixdagi birinchi bokschi boʻldi.

Muhammad Ali faoliyat olib borgan davrda eng yaxshi bokschilar chempionlik unvoniga ega boʻlish uchun kurash olib borishgan. 1994-yilda, 20 yildan soʻng Jorj Forman yana Jahon chempioniga aylangani va oʻz nomini bir necha bor himoya qilganligi, oʻsha davrdagi boks nima uchun koʻp mamlakatlarda „Oltin 70-yil“ deb nomlanishinini tushunish mumkin.1978 -yilda buyuk Ali boksni chempion sifatida tark etdi.

1984-yilda Parkinson kasalligiga yoʻliqqaniga qaramay xastaligini yashirdi va katta pul evaziga yana ikkita oʻyin oʻtkazdi va yutqazdi. Ularning ikkalasi ham oʻsha davr va undan keyingi Jahon chempionlari Larri Xolms va Trevor Berbik edi.

Professional boksdagi faoliyati davomida atigi 5 marotaba magʻlubiyatga uchrab, Olimpiya va Jahon chempioni boʻlgan Muhammad Ali 36 yoshgacha boʻlgan barcha chempionlar qatorida birinchi oʻrinda edi. Ali 56 ta uchrashuvda gʻalaba qozondi, shulardan 37tasini nokautga uchratdi.

Muhammad Aliga faqat bokschi sifatida qaramaslik kerak. Ali musulmonlar uchun yuksak ibrat namunasi edi.U har doim oʻz kuchi, dini, mablagʻi va butun shaxsiyati bilan insonlarni yaxshiroq boʻlishiga, yaxshiroq yashashiga harakat qildi.

Muhammad Ali 1960-yil Rim Olimpiadasidan qaytganidan ikki kun oʻtgach restoranga kiradi.Restoranda faqat oq tanlilarga xizmat qilishini eshitgach, Rimda olgan oltin medalini namoyishkorona Ogayo daryosiga uloqtiradi. 1996-yil Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiadada unga avvalgi medali oʻrniga boshqa bir mahsus oltin medal topshiriladi.

1984-yilda Muhammad Ali Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Ronald Reagan prezidentlikka qayta saylanishi uchun uni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

1991-yilda Ali Koʻrfaz urushi paytida Iroqqa safar qildi va Saddom Husayn bilan Amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish toʻgʻrisida muzokaralar olib bordi.

1996-Atlantadagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida sharafli Olimpiya mash`alasini yoqdi.

2002-yil 17-noyabrda Muhammad Ali Afgʻonistonga „Tinchlik uchun BMT elchisi“ sifatida joʻnab ketdi. U Kobulda BMTning maxsus vakili sifatida uch kunlik muzokaralar olib bordi .

Londondagi 2012-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimida Olimpiya bayrogʻini koʻtarish Muhammad Aliga topshirildi. Parkinson kasalligi tufayli rafiqasi Lonni unga Bayroqni koʻtarishga yordam berdi.

2014-yil 20-dekabrda Ali pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizildi. 2015-yil 15-yanvarda siydik yoʻllari infektsiyasidan aziyat chekib Arizona shtatidagi kasalxonaga yotqizildi.

Muhammad Ali oʻz davrining eng buyuk bokschisi va eng yaxshi insonlaridan hisoblanadi. Uning hayoti 2001-yilda Hollywoodda suratga olingan Will Smith Muhammad Ali rolini ijro etgan „Ali“ filmida keng yoritib berildi.

Parkinson kasalligi tufayli uzoq vaqt Michigan shtatidagi fermasida omma koʻziga koʻrinmaslikni afzal bildi.

Shunga qaramay 2001-yil 11-sentyabr xurujlarida Muhammad Ali Nyu-York oʻt oʻchirish boshqarmasi shlyapasini kiyib, Point Zeroga bordi aziyat chekkanlarni qoʻllab-quvvatlashini va birdamligini namoyish etdi.

Ali 2001-yil sentabr voqealari haqida shunday degan edi „Men uchun eng yomon narsa bu Islom va musulmon soʻzlarining ifloslanishi, nafrat va zoʻravonlikni keltirib chiqarishi. Islom qotillik dini emas. Islom tinchlikni anglatadi. Men shunchaki uyda oʻtirib, odamlarni muammoning manbai sifatida musulmonlarni koʻrsatayotganiga chiday olmayman“.

2002-yilda uning hayoti haqida Kaknüs Publications tomonidan biografik roman nashr etildi. (ISBN 975-6698-34-9).

Uzoq vaqt Parkinson kasalligi bilan kurashgan Muhammad Ali, 2016-yil 3-iyunda nafas kasalliklari bilan davolangan shifoxonada vafot etdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil