Kontent qismiga oʻtish

Alisher Karimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alisher Karimov
Tavalludi 28-oktyabr 1985-yil (1985-10-28) (39 yosh)
Janrlar pop
Faoliyat yillari 2005-bugun
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Karimov Alisher Shukurovich (kir. Каримов Алишер Шукурович)1985-yil 28-oktyabrda Taraz shahrida dunyoga kelgan. Millati oʻzbek. 1991-yil ilk bor sahnaga chiqib, 5 yoshida „Anshi balapan“ konkursiga, 1995-yili Turkiyada, 1997-yili Bolgariyada, 1998-yili Avstriyada tashkil etilgan xalqaro festivallarda ishtirok etgan. 2003-yili T.Jurgenov nomidagi qozoq milliy sanʼat akademiyasining estradik vokal fakultetiga qabul qilingan. 2004-yil „superstar. kz“ mega loyihasiga qatnashib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va millionlab muxlislarning koʻnglidan joy oldi. 2007-yil Gollivudda (Los-Andjeles) tashkil etilgan dunyo miqyosidagi sanʼat konkursuda 2 otin medalni qoʻlga kiritdi[1]. 2009-yildan buyon „Qazaqkonsert“ sanʼat jamoatchiligida yakka qoʻshiqchi vazifasini bajaradi. 2010-yili Alisher Karimovning „Kelemіn sagʻan“ deb nomlangan birinchi albomi chiqdi.