Kontent qismiga oʻtish

Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy (arabcha: علاء الدين علي الطوسي سمرقندي — Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy — Toʻliq ismi: Alouddin Ali ibn Muhammad Batarkoniy Tusiy Samarqandiy (887/1482-yil tugʻulgan)) — Mufassir va aqoid olimi.

Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy Samarqandda tugʻulib voyaga yetgach, madrasa taʼlimi maʼlumotini mukammal qilish maqsadida ilm talabida boshqa madaniy markazlarga, Xuroson, Iroqqa safar qildi. Oʻz davrining taniqli olimi, mutakallimi, boʻlib yetishdi. Mashhur ajam (fors-turk) olimi sifatida Sulton Murod zamonida Anadolu (Turkiya)ga taklif etildi. Unga Sulton Murodning oʻzi juda katta hurmat-ehtirom koʻrsatdi va otasi Sulton Muhammadning madrasasiga mudarris etib tayinlandi. Fotih tomonidan „Sahni-Samon“ madrasasi mudarrisligiga tayin etildi, keyinchalik esa uning sharafiga „Mudarris“, — deb atalgan qishloq ato qilindi (Suyurgʻol, Iqtoʻ mulki sifatida). Fotih Sulton Murodning maxsus amriga ko‘ra, Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy va mashhur turk mutakallim olimi Muslihiddin Xojazoda ikkalasiga Imom Abu Holid Gʻazzoliy va Ibn Rushdlarning „Tahofut“ bo‘yicha asarining qiyosiy tahlili va xolis baholashga bag‘ishlangan kitob yozib berish - ilmiy-ijodiy, bahs-munozarada qatnashdi. Xojazoda o‘z kitobini to‘rt oyda, Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy esa o‘zining „Az-zaxira (Zuxr)“ nomli „Tahofut“ kitobini olti oyda yozib tugallagan. Har ikki olimning fidokorona, mashaqqatli mehnatlarining hosilasi bo‘lgan kitoblarga fotih 10000 aqchadan turk puli bilan mukofot berib yuksak taqdirlagan. Bu paytda Turkiyaning Ovro‘pa qismidagi Edirna (Adrianapol) shahri madrasasida mudarrislik qilgan Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy Eronga, Tabrizga ketdi. Bu yerda Shayx Abdulloh Tabriziy suhbatlariga, shuningdek, Samarqanddan Turkiyaga hijrat qilayotgan Alouddin Ali Qushchi bilan uchrashdi, unga maslahatlar berdi. So‘ngra ona yurti Samarqandga qaytdi, bir necha yillar Xoja Ubaydulloh Ahrorning yaqin musohibi bo‘ldi. 70 yoshlarida vafot etgan. Hozirgi zamon turk falsafa tarixchisi doktor Rejeb Duran taʼrifiga ko‘ra, Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy, Imom Gʻazzoliy (1-bosqich)dan so‘ng, uning „Tahofuti“ga javoban yozilgan Ibn Rushdning „At-tahofutu-t-tahofut“i (2-bosqich) 2-bosqichni tashkil etadi. Tahofutchilikda Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy, Xojazodlar ikkisi yozgan „Tahofut“ kitoblari 3-bosqichni tashkil etgan. Bu anʼana keyinchalik XVI asrda mashhur turk olimi Kemal Poshshozoda (1468-1534-yil) o‘zining „Hoshiyi ala-t-tahofut“i bilan davom ettirgan 4-bosqich, XVIII asrda esa Mestjizoda (vafot 1735-yil), o‘zining „Al-xilofiyot va-l-vifaqiyat bayna-l-hukamo va-l-mutakallimiyn“ kitobi bilan davom ettirilgan. Va ehtimolki, hali kashf etilmagan, ilmiy isteʼmolga jalb etilmagan boshqa tillarda, boshqa mualliflar ham „Tahofut“lar yozgan bo‘lishlari, shu anʼanani davom ettirib, rivojlantirgan bo‘lishlari mumkin. Doktor Rejeb Duran xulosasiga ko‘ra, Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy „Az-zaxira“ (Tahofut)i bilan „Imom Gʻazzoliydan so‘ng boshlangan kalomning falsafiylashishi davri“ga mansub mutafakkirdir.[1]

Allomaning „Az-zaxira“ (Tahofut) asari, uning shoh asari boʻlib, ayni paytda, bu mutafakkirning eng kamida yana 4 ta kitobi ham boʻlgan, jumladan: [Sayyid Sharif Jurjoniy]]ning „Sharhu-l-mavoqif fi ilmi-l-kalom“ asari sharhi; Sayyid Sharif Jurjoniyning „Hoshiyatu-sh-sharhi Matoliy“ asariga sharh; ZamaxshariyningAl-kashshof…“ iga yozilgan hoshiya; Saʼduddin Taftazoniyning „At-talvih fi kashfi haqoiqu-t-tavzih“ asari hoshiyasi kabi tafsir, kalom ilmlariga oid asarlari haqida maʼlumotlar bizgacha yetib kelgan."Az-zaxira" (Tahofut) mazmunining o‘ta muxtasar tavsifini bersak, unda anʼanaviy 20 ta bo‘limlar boʻlib, ularda Alloh taoloning olamni yaratganligi, barcha borliqning yaratuvchisi, bilish nazariyasi, ijtimoiy-axloqiy muammolar, inson hayotining jismoniy zoil bo‘luvchi, maʼnaviy baxt-saodati, lekin, oxiratda qiyomat kunida qaytadan tiriltirilishi, savol-javob bo‘lishi, jannat, arosat va do‘zax mukofotlari (iqob) mavzulari, yaʼni, anʼanaviy „Tahofut“ mavzulari o‘ta muxtasar, ixcham, tushunarli tahlil etilgan va xulosalab berilgan. Anʼanaviy „Tahofut“ muammolariga Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy tomonidan yondashish prinsiplari, uning o‘z iborasiga ko‘ra, quyidagilardan iborat: faylasufga jabr qilish, ularni kamsitish uning niyati emas. Uning maqsadi, xuddi Imom Gʻazzoliy kabi faylasuflarning o‘zlari daʼvo qilgan darajada ilm, falsafada qatʼiy isbot, dalillar keltira olmasliklari, xulosalarining oxiriga yetmay, tugallanmay qolganligi, yaʼni, ojizliklarini xolis ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan. Alouddin Ali Tusiy Samarqandiy taʼkidlariga ko‘ra: 1. „Menga qatʼiy to‘g‘ri ekanligi maʼlum bo‘lmagan hech bir narsaga kitobimda o‘rin bermayman. 2. Haqiqatan shubhali va muammoli bo‘lmagan hech bir narsani eʼtirozim mavzusi qilib olmayman. 3. Meni birovga zulm qilishimga majburlovchi taassub xohish-istaklari bilan hech bir maʼnoda kelishmayman. 4. Bahs-munozaralarda keladigan gap-so‘zlar borasida hech bir tarzda insof-adl yo‘lidan chekinmayman“.

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 526-528.