Kontent qismiga oʻtish

Alt fleyta

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alt fleyta
Registri


Alt fleyta (italyancha: flauto contralto; fransuzcha: flûte alto; nemischa: Altflöte ) — flyetaning kam foydalaniladigan turi.

Katta fleytaga nisbatan kvarta yoki kvinta pastroq tovush beradi. Shu sababli, alt fleyta transpozitsiyalanuvchi cholgʻular qatoriga kiradi va sol (in G) yoki fa (in F) sozlarida ishlatiladi. Ovoz diapazoni kichik oktavadagi fa diyez notasidan, uchinchi oktavadagi do diyez notasigacha bo‘ladi. Simfonik orkestrda alt fleytani odatda katta fleytani ijro etuvchi sozanda chaladi. Bunday hollarda cholgʻu asbobi o‘zgartirilishi muta in belgisi bilan ko‘rsatiladi[1][2].

Cholgʻuning tembri toʻliq, keng, eng katta goʻzallik pastki registrda. Katta fleyta bilan solishtirganda, alto biroz uzunroq va qalinroq. Barmoqlar joylashuv tartibi bir xil[3]. Katta va kichik fleyta bilan birgalikda simfonik orkestr tarkibiga kiradi[4].

Alt fleyta, asosan, orkestrda maxsus tembrning oʻziga xos past tovushlarini chiqarish uchun ishlatiladi, ammo XX asrning ikkinchi yarmida u ansambl va yakkaxon cholgʻu sifatida ham qoʻllana boshlandi. Uni birinchilardan boʻlib Rimskiy-Korsakov „Mlada“ opera-baletida ishlatgan (1890). Keyinchalik alto nay qismi A.K. Glazunov (Sakkizinchi simfoniya), M. Ravel („Dafnis va Xloya“), I.F. Stravinskiy („Muqaddas bahor“), G. Xolst („Sayyoralar“), D.D. Shostakovich (Yettinchi simfoniya) va boshqa bastakorlar asarlarida paydo boʻldi. Alto fleyta Pyer Bulezning „Ustasiz bolgʻa“ asari ansambliga kiritilgan. Alto fleyta uchun yakkaxon asarlar Mati Kuulberg, Egil Hovlann, Leonid Bashmakov, Aulis Sallinen, Erland fon Koh tomonidan yozilgan. Shuningdek, keksaligida uni afzal koʻrgan Theobald Böhm ham alto fleyta uchun yozgan.

  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. Черных А.В. „Флейта“, . Советское духовое инструментальное искусство. Справочник. М.: Советский композитор, 1989 — 83-bet. 
  4. Радвилович А.Ю. „Флейты“, . Приложение к учебнику М. И. Чулаки «Инструменты симфонического оркестра». Композитор, 2013 — 5-bet. 
  • Рогаль-Левицкий Д.Р. „Альтовая флейта“, . Современный оркестр. Часть I. М.: МузГИз, 1953 — 259—263-bet.