Kontent qismiga oʻtish

Alyosha

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alyosha
Alena (Yelena) Aleksandrovna Topolya
Tavalludi 14-may 1986-yil (1986-05-14) (38 yosh)
Janrlar pop, pop-rok
Kasbi qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1992-yildan hozirgacha
Leybllar Catapult music, UMIG
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Turmush oʻrtogʻi Taras Topolya
Veb-sayt alyoshasinger

Alyosha (ukraincha: Альо́ша; haqiqiqy ismi Alena (Yelena) Aleksandrovna Topolya[1], qizlik familiyasi Kucher[2], ukraincha: Олена Олександрівна Тополя [3]; 1986-yil 14-may, Zaporojye, Ukraina SSR) — ukrainalik qoʻshiqchi, bastakor. „Sweet People“ qoʻshigʻi bilan Osloda boʻlib oʻtgan „Eurovision 2010“ xalqaro qoʻshiq tanlovida Ukraina nomidan ishtirok etgan va tanlovda 10-oʻrinni egallagan.

Bolalik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yelena Kucher 1986-yil 14 mayda Zaporojye shahrida yoʻl harakati politsiyasi xodimi Aleksandr Nikolayevich Kucher va samolyot zavodi ishchisi Lyudmila Fyodorovna Kucher[4] oilasida tugʻilgan. Qoʻshiqchining ikkita ukasi bor, ulardan biri Ruslan Kucher. Alenaning otasi baliq tutishga ishqiboz ham boʻlgan boʻlib, otasining tutgan baliqlarini Alena bolaligida sotgan ham. Alenaning akalari karate va kung-fu bilan shugʻullanishgan va qoʻshiqchi ularga mashq qilishda yordam bergan, akalari uni mashgʻulotga birga olib borishar va uni Lyoshka, koʻpincha Lyo deb chaqirishgan. Maktab yillarida Alena xorda qoʻshiq kuylagan va mashhur „Yunost“ musiqa studiyasida, Vladimir Artemyev qoʻl ostida tahsil olgan. Maktabni tamomlagandan soʻng Alena Kiev milliy madaniyat va sanʼat universitetining estrada-vokal fakultetida oʻqigan.

2006—2010: Evrovision

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Alena „Yalta-2006“ xalqaro tanlovida gʻolib chiqadi va ikki yildan soʻng qoʻshiqchi Sevastopolda boʻlib oʻtgan „Pesnya morya“ xalqaro festivalida (2008) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritadi. 2009-yilda qoʻshiqchi „Catapult music“ prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolaydi va markazda oʻziga Alyosha taxallusini oladi[5].

Xonanda „Qor“ („Sneg“) qoʻshigʻi bilan ukrainalik tinglovchilar orasida shuhratga erishgan. 2009-yil dekabr oyida bu qoʻshiq uchun videoklip suratga olindi.

Alyosha Evrovision 2010 repetisiyasida

Xonanda Alyosha „To Be Free“ qoʻshigʻi bilan milliy ovoz berish natijasida Evrovision 2010 qoʻshiq tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Biroq, Alyosha yana bir daʼvogar — Masha Sobko bilan bir xil miqdordagi ochkolarni qoʻlga kiritgandi. Suhbatdan soʻng hakamlar hayʼati Alyosha foydasiga qaror chiqarishadi[6].

2010-yil 21-martda „To Be Free“ qoʻshigʻi sababli janjal yuzaga keladi. Qoʻshiq 1977-yilda AQShda yozilgan va shu vaqtgacha ijro etilmagandi. Eurovision tanlovi uchun qoʻshiq yozilgan vaqti muhim hisoblanmagan boʻlib, tanlov qoidalariga koʻra, qoʻshiq tanlovdan olti oy oldin (yaʼni 2009-yil 1-oktyabrgacha) omma oldida ijro etilmasligi shartdir. Biroq, qʼshiqni 2008-yil 12-apreldan nemis Amazonida (Alonya nomi bilan) yuklab olish mumkin boʻlgan. Aynan shu sababli „To Be Free“ qoʻshigʻi Yevropa radioeshittirish ittifoqi qoidalariga javob bermadi. Qoʻshiq tanlovdan olib tashlandi va 25-mart kuni Alyosha yangi qoʻshigʻini „Sweet People“ taqdim etadi va bu qoʻshiq bilan tanlovga boradi.

„Sweet People“ — bu odamlarni Yer sayyorasini himoya qilishga chaqiruvchi qoʻshiq boʻlib, qoʻshiq boshqa estrada qoʻshiqlaridan oʻzining yanada hissiyotligi va ehtirosligi bilan ajralib turadi.

„Sweet People“ qoʻshigʻining inglizcha matnini xonandaning oʻzi yozgan va musiqani yozishda Alyoshadan tashqari uning prodyuseri Vadim Lisitsa va taniqli ovoz prodyuseri Boris Kukoba ham qatnashgan (ular birgalikda " Yulduzlar fabrikasi-2 " ishlashgan, hamda taniqli ukrainalik qoʻshiqchilar, xususan, Natalya Mogilevskaya[7] uchun qoʻshiqlar yozib berishgan).

2010-yil 27-mayda qoʻshiqchi Evrovision qoʻshiq tanlovining finaliga yoʻllanma oladi va ikkinchi yarim finalda gʻolib chiqqan oʻn nafar ijrochidan biriga aylanadi. 29-may kuni boʻlib oʻtgan tanlovining finalida Alyosha oʻn yettinchi boʻlib sahnaga chiqadi. Finalda 108 ball toʻplab, 10-oʻrinni egallaydi[8].

2010-yil 7-noyabrda Alyosha Ukraina ekspertlar klubining „Nima? Qayerda? Qachon?“ dasturida „A ya prishla domoy“ qoʻshigʻi va dastur oxirida „Ti uydyosh“ qoʻshigʻini ijro etgan[9].

Bundan tashqari, 2020-yil 26-aprelda Chernobil fojiasini xalqaro xotirlash kuni munosabati bilan Italiyaning Rai Radio 1 radiosida „Sweet People“ qoʻshigʻini ijro etgan[10][11].

2011—2018 yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda qoʻshiqchi Ukrainadagi mashhur „Favoriti Uspexa“ reytingida „Yil qoʻshiqchisi“ unvonini oladi[12].

Alyosha Nastya Kamenskix, Natalya Mogilevskaya, Potap kabi qoʻshiqchilarning qoʻshiqlari muallifi hamdir.

2015-yilda Alyosha ikki qismdan iborat „Tochka na karte“ albomini chiqaradi.

2017-yil 31-mayda „Kalina“ qoʻshigʻining videoklipi chiqadi, uning musiqasi va soʻzlarini xonandaning oʻzi yozgan. Videoklip darhol YouTubeda juda mashhur boʻladi va bir yil ichida 7 millionga yaqin tomosha qilinadi[13] .

2018-yil 19-may kuni Kievdagi Ukraina saroyida „Zolotaya jar ptisa“ mukofoti boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi, unda Alyosha 5 nominatsiyada: „Yil qoʻshiqchisi“, „Yil xiti“ (gʻolib), „Yil klipi“, „Xalq xiti“, „Kalina“ qoʻshigʻi uchun „Dance xit“da ishtirok etgan. Shu bilan birga, konsert davomida oʻzining yangi „Tekila“ qoʻshigʻini kuylaydi [14].

Dekabr oyida 15 yillik ijodiy hamkorlikdan soʻng prodyuser Vadim Lisitsa bilan ishlashni toʻxtatgani maʼlum qiladi. Va M1 Music Awards marosimida qoʻshiqchi prodyuser Yevgeniy Antipenko boshchiligidagi yangi musiqiy jamoa bilan ishtirok etadi[15] .

2019-yildan hozirgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Alyosha Liverpulda Evrovision 2023 qoʻshiq tanlovida

2019-yil 13-fevraldan 17-aprelgacha „Poruch“ gastroli Ukrainaning 20 ta shahrida boʻlib oʻtadi va unda qoʻshiqchi ham ishtirok etgan.

2020-yilda, TopHit maʼlumotlariga koʻra, Alyosha Ukraina radiostansiyalarida 751 677 ta eshittirishga ega boʻlgan.

2023-yilda Eurovision 2023 qoʻshiq tanlovining birinchi yarim finalida chiqish qiladi. Xonanda Rebecca Ferguson bilan duetda birinchi boʻlib Britaniyaning Duran Duran guruhi tomonidan ijro etilgan Ordinary World qoʻshigʻini kuylaydi[16] .

2023-yilning kuzidan boshlab „Alyosha“ taxallusi oʻrniga „Yelena Topolya“ [17] nomi bilan chiqish qila boshladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2011-yilgacha uning sobiq amaldagi eri prodyuser Vadim Vadimovich Lisitsa (1975-yil 2-avgustda tugʻilgan)dir. Lisitsa ham Zaporojyedan va Vladimir Artemyev boshchiligidagi mashhur „Yunost“ musiqa studiyasining bitiruvchisi.
  • Hozirgi eri (2013-yil yozidan) — Taras Topolya (1987-yil 21-iyunda tugʻilgan) qoʻshiqchi, " Antitela " guruhi rahbari[18] .
  • Oʻgʻli Roman (2013-yil 3-aprelda tugʻilgan)[3][19]
  • Oʻgʻli Mark (2015-yil 30-noyabrda tugʻilgan) [20] .
  • Qizi Mariya (2020-yil 15-avgustda tugʻilgan)

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010 — „A World Outside Your Door“
NomiDavomiyligi
1.„Wishing You Were Here“3:45
2.„Royalty“2:55
3.„Tears of Love“3:45
4.„No More Goodbyes“3:28
5.„Revolution“3:06
6.„Soldier“3:43
7.„Silouette“3:39
8.„Fading Sigh“3:32
9.„A World Outside Your Door“2:56
10.„To Be Free“3:49
2015 — „Tochka na karte, Ch. 1“
NomiDavomiyligi
1.„Tam za bistroyu rekoyu“3:33
2.„Odnoy nochi malo“4:17
3.„Sneg“4:02
4.„Govorila-obeshala“2:57
5.„A ya prishla domoy“3:21
6.„Ne budet drugoy lyubvi“2:57
7.„Ti uydyosh (Intro)“1:42
8.„Ti uydyosh (Jazz)“1:51
9.„Ti uydyosh“3:18
10.„Tvoi slova“3:21
11.„Kto skazal“3:32
12.„Nas koxayut“3:32
13.„Zvyozdi shou“3:06
14.„Kto skazal (Bald Bros Remix)“4:10
15.„Sneg (Bald Bros Remix)“3:38
2015 — „Tochka na karte, Ch. 2“
NomiDavomiyligi
1.„Our Home“2:55
2.„Ti naykrasha“ (feat. Vlad Darvin)3:25
3.„Smisl jizni“ (feat. Vlad Darvin)3:28
4.„Bolshe, chem lyubov“ (feat. Vlad Darvin)3:50
5.„Troyandi“4:02
6.„Feromoni lyubvi“3:38
7.„Tochka na karte“3:36
8.„Ti moyo vsyo“4:14
9.„BYeZorujnaya“3:12
10.„Peredryaga“3:26
11.„Feromoni lyubvi (SpeakOne Remix)“5:03
12.„Tochka na karte (Krayons Remix)“3:31
13.„Ti moyo vsyo (Alyosha Remix)“3:38
14.„Bezorujnaya (Anton Kraynoff Remix)“3:10
15.„Moyo serdse“3:30

2017 — „Malenkiy sekret“

  • „Favoriti Uspexa — 2010“ mukofotining „Yil xonandasi“ nominatsiyasi gʻolibi[21].
  • „Tochka na karte“ qoʻshigʻi uchun „Yil qoʻshigʻi“ (Ukraina) mukofoti
  • „Bezorujnaya“ qoʻshigʻi uchun „Yil qoʻshigʻi“ (Ukraina) mukofoti
  • Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzkorligi va uning oqibatlarini bartaraf etish munosabati bilan aholi xavfsizligi va davlat manfaatlarini himoya qilish, koʻngillilarga yordam koʻrsatish va koʻngillilar harakatini rivojlantirishga, xususan, Ukraina mudofaasini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim shaxsiy hissasi uchun“ Ukraina Prezidentining „Oltin yurak“ nishoni (2022-yil 9-dekabr) bilan mukofotlangan.
  1. „Алеша и Тарас Тополя | Pevitsa Alyosha — ALyosha | Fan-zona“. 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  2. Art Mozaika — Vseukrainskiy ejenedelnik
  3. 3,0 3,1 „Alyosha: Ми одружилися, щоб в сина не було проблем“ (uk). Tablo ID (2013-yil 10-iyul). 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyul.
  4. „Певице Alyosha с новорожденным сыном помогает мама – Індустріалка - новини Запоріжжя“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-yanvar.
  5. „Кто она? Все об Alyosha (Алёша), представителе Украины на «Евровидении-2010»“. 2010-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-mart.
  6. Sensatsiya „Yevrovideniya“: Alyosha spoyot o svobode(rus.)
  7. „Алёша выбрала новую песню «Sweet People» вместо «To Be Free». Слушаем, сравниваем. Текст песни“. 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-mart.
  8. „Итоги конкурса «Евровидение 2010»“. 2010-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-may.
  9. YouTube logotipi Что? Где? Когда? Украина. Специальная игра. 7.11.2010 YouTubeda
  10. „RADIO1 MUSICA. L'ITALIA IN DIRETTA 26/04/2020 на 12 мин“. 2020-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  11. Sweet People su Radio Rai 1
  12. „Фаворити Успіху — 2010“. 2011-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
  13. „Alyosha - Калина (official video 2017) 4К“ (2017-yil 31-may). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  14. „Alyosha - Текіла [Official video“] (2018-yil 24-may). 2021-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-noyabr.
  15. „Час починати новий етап! Alyosha прийняла важливе рішення по кар'єрі“ (uk). obozrevatel.com (2018-yil 15-dekabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Holmes, Wesley. „Eurovision fans in tears after Rebecca Ferguson performance“. The Liverpool Echo (2023-yil 10-may). 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  17. „Більше не Alyosha. Дружина Тараса Тополі змінила псевдонім“ (uk). РБК-Украина. 2023-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-oktyabr.
  18. „Alyosha таємно вийшла заміж“ (uk). Tablo ID (2013-yil 9-iyul). 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyul.
  19. „ALyosha родила сына“. 2013-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel.
  20. „Alyosha рассказала о двойном материнстве“ (ru). www.tv.ua (2015-yil 9-dekabr). 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  21. „Фавориты Успеха – 2010“. 2019-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.