Kontent qismiga oʻtish

Andijoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijoni
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Samarqand viloyati
Tuman Samarqand
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 1401XX[1]
Avtomobil kodi 30

Andijoni Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan qishloq. Qadimiy turk-andi xalqlari bilan bogʻliq toponimik hudud hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda ham turk-andilar tilga olinadi.

A. K. Pisarchik Andijoni shahrining tarixiy topografiyasi xususida yozilgan ocherkida Markaziy Osiyodagi Andijon (hozirgi qoʻllanishi) yoki „Andigon“ hamda „Andikon“ (qadimiy shakllar) nomli qishloqlarning roʻyxati keltirib oʻtiladi.

Nomdosh hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon nomi Denov va Sariosiyo hududlaridagi aholi yashashiga moslashgan yerlarni oʻzlashtirish maqsadida koʻchib kelgan andijonliklar iqtiqomat qilgan aholi hududlari sifatida ham uchraydi. Aholining ayni qaysi viloyatdan kelganligini aniqlash maqsadida ham foydalaniladi[2] Surxondaryo vodiysi Denov shahri yaqinida joylashgan Andijon, Saroykamar tumanida Panj daryosi boʻyida joy olgan Andijon, Samarqand tumanidagi Andijoni toponimlari turk-andilar bilan bogʻliq boʻlgan nomlar hisoblanadi. Mazkur geografik hudud nomlari, shubhasizki, oʻrganilayotgan hududdagi turk-andilari tomonidan qoldirilgan izlar hisobiga paydo boʻlgan. V. P. Nalivkinning mazkur hudud xususida quyidagi fikrlarni bayon etadi: „Hozirgi kunga qadar namanganliklar, anddijonliklar oʻzbeklarni andi nomi bilan nomlashadi. Andilar Turkiston hududida hamda uning atrofida yashovchi turklar bilan qardosh bir xalqdir (yaʼni ayni bir joydan kelib chiqqan) deb ataydilar“[3].

Bugungi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Andijoni qishlogʻi Samarqand tumanidagi Kulbaipoyon qishloq fuqarolik yigʻini tarkibiga kiradi. Qishloq oʻzining qishloq vrachlik punktiga ham ega. Shuningdek qishloqda 39-sonli umumtaʼlim maktabi ham faoliyat yuritadi.

  1. „Samarqand viloyati pochta indekslari“. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  2. S.Tursunov; I.Umarov; T.Pardayev. Oʻzbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi. Temiz shahri, F.Xoʻjayev koʻchasi, 30-uy: „Surxon-nashr“ nashriyoti, 2017-yil — 356-bet. ISBN 978-9943-4734-8-5. 
  3. N.B.Begaliyev; A.M.Turobov. Samarqand toponimiyasi, 2015 — 156-bet.