Kontent qismiga oʻtish

Antaliya qoramagʻiz baligʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Antalya bleak
Muhofazalash holati


Xavf ostidagi turlar  (IUCN 3.1)[1]
Ilmiy tasniflash edit
Olam: Hayvonlar
Filum: Chordata
Sinf: Actinopterygii
Oila: Cyprinidae
Ostoila: Leuciscinae
Jins: Alburnus
Turlar:
A. baliki
Binar nomi
Alburnus baliki

Antaliya qoramagʻiz baligʻi (Alburnus baliki) — Alburnus turkumiga mansub Karp baliqlarining bir turi. U, shuningdek, uchrash joyiga koʻra Managvat daryo baligʻinomi bilan ham tanilgan. Bu baliqTurkiya hududi uchun endemik tur boʻlib, odatda, oʻsimliklarga boy toza suvlarda uchraydi[2].

Antaliya qoramagʻiz baligʻi ilk bora 2000-yilda turkiyalik olimlar Bogutskaya, Küçük va Ünlü tomonidan Managvat daryosida topilgan va 2004-yil izlanishlar asosida ilmiy tasniflangan. Antaliya qoramagʻiz baligʻining koʻrinishi oʻz jinsining boshqa vakillaridan biri Alburnusga oʻxshab ketadi. Bundan tashqari, u 12 ta suzgich suyaklari, 16-18 ta anal suyaklari va 36-38 ta umurtqa suyaklariga ega[3]. Maʼlum boʻlgan eng uzun namuna 6,1 sm uzunlikka ega edi[3].

Tarqalishi va yashash joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manavgat sharsharasi ustidan oqib oʻtadigan Manavgat daryosi

Antaliya qoramagʻiz baligʻi faqat Turkiya hududidagina uchraydi va birgina Manavgat daryosi tizimidangina topilgan[3]. Daryo qirgʻoqlari boʻylab suv yuzasi yaqinida baliqning bir necha guruhlari aniqlangan, bu yerda oqim sekin va daryo zich oʻsimliklar qoplamasi bilan qoplangan, pH darajasi 6,5 atrofida[2]. Bu baliq Antaliya koʻrfaziga, sharqda Aqsu daryosidan gʻarbda Mangat daryosigacha boʻlgan 4 ta oqimda uchraydi. Jeyhan daryosida ham yashashi mumkin. Toʻrt daryodan uchtasi uchun bu tur endemik boʻlib, gidroelektr toʻgʻonlari va ifloslanish tufayli baliqning soni tobora ozayib bormoqda. Ekologik holatning yomonlashuvi, zovur va kanallar qurilishi turning kamayib ketishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Shu sababli ham Antaliya qoramagʻiz baligʻi yoʻqolib borish xavfi ostidagi turlar sirasiga kiradi.

  1. Freyhof, J. (2014). Alburnus baliki. IUCN Qizil kitob. IUCN. 2014: e.T19018242A19222748. doi:10.2305/IUCN.UK.2014-1.RLTS.T19018242A19222748.en. Retrieved 5 January 2018.
  2. 2,0 2,1 2,2 Froese, Rainer; Pauly, Daniel (eds.) (2006).
  3. 3,0 3,1 3,2 Bogutskaya, N.G., F. Kucuk and E. Unlu, 2000.