Kontent qismiga oʻtish

Antiox Kantemir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Antiox Kantemir

Antiox Dmitriyevich Kantemir (1708-yil 10-sentyabr, Konstantinopol – 1744-yil 31-mart, Parij) – rus shoiri va diplomati. 18-asr rus klassitsizmi va yangi hajviy sheʼriyatining asoschilaridan biri. Peterburgda taʼlim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 17381744 yillarda Fransiyada elchi boʻlib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 – 31 yillardagi hajviy sheʼrlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar („Petrida“), falsafiy va estetik traktatlar („Tabiat va inson haqida“, 1742 va boshqalar) yozgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil