Kontent qismiga oʻtish

Antonov Gennadiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Gennadiy Antonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gennadiy Georgiyevich Antonov
Tavallud sanasi 22-may 1950-yil (1950-05-22) (74 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Vafot sanasi 1-yanvar 1998-yil(1998-01-01)
(47 yoshda)
Boʻyi 178 см
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan

Gennadiy Georgiyevich Antonov (1950—1998) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

1968-yildan boshlab Gennadiy Rostov SKA jamoasida oʻynashni boshlagan va sakkiz mavsumni Rostovliklar jamoasida oʻtkazgan. U jamoadagi debyut uchrashuvini 1968-yil 27-aprelda Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va tanaffusda Givi Anfimiadini oʻrniga maydonga tushgan[1]. Gennadiy oliy ligadagi ilk golini 1970-yil 3-avgustda Luganskning „Zorya“ klubiga qarshi baxsda kiritgan[2]. 1971-yilda u SSSR kubogi finalchisiga aylangan va Moskvaning „Spartak“ jamoasiga qarshi ikkita final oʻyinidan birida maydonga tushgan.

1971—1972-yillarda SSSR yoshlar terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan.

1976-yilda u SSKA jamoasiga oʻtgan, milliy chempionatda 12 oʻyin (1 gol), shuningdek SSSR kubogida 2 oʻyinda maydonga tushgan[3].

1977-yilda u yana Rostov SKA jamoasi safiga qaytgan. Umuman olganda, Rostov klubi tarkibida u milliy chempionatlarda 217 oʻyin oʻtkazgan va 25 ta gol urgan, shundan 146 ta oʻyin va 17 ta gol oliy liga baxslariga toʻgʻri keladi.

1978-yilda Leningradning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 1979-yilda u „Paxtakor“ tarkibida oʻynagan boʻlsa-da, faqat oʻrinbosarlar tarkibida maydonga tushgan, keyingi mavsumda oliy ligada 9 ta oʻyinda maydonga tushib va bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, shu mavsum davomida „Boʻston“ (Jizzax) jamoasida ham toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarida Stavropolning „Dinamo“ va „Atommash“ klublarida oʻynagan.

1985—1987-yillarda „Atommash“ murabbiylar shtabida ishlagan, 1988—1989-yillarda esa klub bosh murabbiyi sifatida klubni boshqargan.