Ardus (futzal klubi)
«Ardus» | ||||
Toʻliq nomi | Ardus Toshkent Futzal Klubi | |||
Laqabi | Bankirlar | |||
Asos solingan | 1998-yil | |||
Stadion | Oʻzbekiston Sport Majmuasi | |||
Rahbari | Jahongir Usmonov | |||
Murabbiyi | Nikolay Odushev | |||
Musobaqasi | ||||
2022/2023 | ||||
|
Ardus Toshkent Futzal Klubi – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrining futzal klubi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub 1998-yilda „Ardus“ savdo majmuasi taʼsischilari tomonidan tashkil etilgan. Ilk yillarida havaskorlar va korxonalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashib kelgan. 2003-yilda „Ardus“ Toshkent shahri birinchiligida gʻalaba qozondi va ushbu gʻalaba orqali Oʻzbekiston Kubogiga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Kubok oʻyinlarida qatnashgan „Ardus“, Oʻzbekiston Kubogi yarim-finaligacha yetib bordi. Ushbu muvaffaqiyat „Ardus“ rahbariyatini 2004-yilda „Ardus“ni Professional Futzal Klubiga aylantirishga olib keldi va „Ardus“ Oʻzbekiston Chempionatida ishtirok eta boshladi.
Chempionatdagi ilk debyut mavsumida „Ardus“ Oʻzbekiston Chempionatida Chempionlikka erishdi, shuningdek Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Shundan keyin „Ardus“ 6 karra Oʻzbekiston Chempioni, 4 karra Oʻzbekiston Kubogi sohibi sifatida Oʻzbekistonning eng kuchli futzal klubiga aylandi.
Ichki chempionatdagi yutuqlar „Ardus“ni xalqaro maydonda Oʻzbekiston shaarafini himoya qilish imkoniyatini berdi. Va klub Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida qatnasha boshladi. Birinchi turnir norasmiy maqomga ega boʻlib, 2006-yilda Eronda boʻlib oʻtdi va oʻsha turnirda „Ardus“ finalgacha yetib borib turnir mezbonlariga imkoniyatni boy berdi. 2012-yilda Klublar oʻrtasidagi Osiyo Chempionati rasman yoʻlga qoʻyilganida „Ardus“ yana finalgacha yetib borib Eronning „Giti Pasand“ klubiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo vitse-chempioni nomiga saazovor boʻldi.
2018-yilga kelib, „Ardus“ oʻz faoliyatini tugatdi.
„Ardus“ futzal jamoasi koʻp yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy negizini tashkil qilib kelgan. „Roʻzmat Madaminov“, „Turon-C“, „Maksam-CHirchiq“, „Doʻstlik-AIN“, „Nafis“, „Kogon“ va Zarafshonning sobiq „Stroitel“ jamoalari bilan birga Oʻzbekistonda futzalni ommalashishiga munosib ulush qoʻshib kelgan.
Aynan „Ardus“da toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan siyosat negizida keyinchalik „Bunyodkor“, „Lomokotiv“ va AGMK jamoalari oʻz tarkiblarini kuchaytirib keldilar. Bu esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasini ilk marotaba Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatiga chiqishida katta rol oʻynadi.[manba kerak]
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ardus Toshkent Proffesional Futzal Klubi“ tarkibi 2014-yilning yanvar oyiga koʻra. Ushbu futzalchilarning koʻpchiligi Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi aʼzolaridir.
- Darvozabonlar
- Ruslan Xalilov
- Nikolay Kravchenko
- Himoyachilar
- Shaxzod Boʻriyev
- Shuhrat Tojiboyev
- Temur Shoymardonov
- Aleksandr Yakovlev
- Humjumchilar
- Jamoliddin Sharipov
- Farrux Zokirov
- Dilshod Rahmatov
- Shavkat Muhiddinov
- Zarif Begulov
- Farhod Abdumavlonov
- Dilshod Irsaliyev
- Andrey Shlyoma
Mashhur oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Azamat Abduraimov
- Rustam Umarov
- Bahodir Ahmedov
- Andrey Shlyoma
- Dilshod Irsaliyev
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Chempionatida
- Chempion: 2004/2005, 2005/2006, 2006/2007, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012
- Vitse-Chempion: 2008/2009, 2012/2013
- Bronza medali sohibi: 2007/2008
Oʻzbekiston Kubogida
- Chempion: 2005/2006, 2006/2007, 2008/2009, 2009/2010
- Finalchi: 2004/2005, 2007/2008, 2012/2013
Oʻzbekiston Futzali Assotsiatsiyasi Kubogida
- Chempion: 2010
- Finalchi: 2012, 2013
Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida
- Finalchi: 2006, 2012
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2014-02-03 sanasida arxivlangan)