Arpagʻon
Arpagʻon | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||
|
Arpagʻon (Eremopyrum) – bugʻdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arpagʻonning poyasi silliq, tuksiz, boʻyi 4 – 25 sm. Bargining eni 3-4 mm, tukli. Boshogʻi tuxumsimon, uz. 1,5 – 3 sm, eni 0,9 – 2 sm. Boshoqchasi 3 – 5 gulli. Arpagʻon aprel – may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega[1]. Biologik xususiyatlariga koʻra, arpagʻon bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpagʻon eng tezpishar donli ekinidir[2]. Arpagʻon oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin (mayning oxiri – iyun) pishib yetiladi. Arpagʻon zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, koʻkkoʻz va boshqalar. Kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqalar[3]. Arpagʻonning ahamyati shundaki oʻsimlik zamonaviy qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun xonakilashtirilmagan. Arpagʻon turli xil ekologik va biologik zararlanishlarga bardosh berish qobiliyati tufayli xozirda olimlar uni bugʻdoy bilan chatishtirish ishlarini olib bormoqda[4]. U oson oʻstiriladigan oʻt boʻlib, unib chiqish tezligi ham yuqori[5]. U boshqa oʻtlarga nisbatan tez oʻsadi[6]. Arpagʻoning hosili bugʻdoynikiga qaraganda pastroq boʻlsada, bugʻdoyga nisbatan mazaliroq hisoblanadi[7].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arpagʻon – asosan Yevroosiyo va Shimoliy Afrika keng tarqalgan[3][8][9][2]. Eremopyrum triticeum – deb nomlanadigan arpagʻonning bir turi Shimoliy Amerikaning ayrim qismlarida begona oʻt sifatida keng tarqalgan[10].
Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega[1].
Shuningdek bu arpagʻon turlari:
Eremopyrum bonaepartis - Jazoir, Marokash, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon
Eremopyrum distans - Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Moʻgʻuliston
Eremopyrum orientale - Jazoir, Marokash, Tunis, Ruminiya, Ukraina, Qrim, Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Tibet, Moʻgʻulistonda tarqalgan.
Oʻzbekistonda tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻistonda uchraydi. Arpagʻon – bahorgi eng yaxshi yemxashak oʻsimligi. Uning tarkibida 12 – 14% gacha protein va 24 – 27% kletchatka boʻladi. Arpagʻonni hammaqishloq xoʻjaligi hayvonlari yeydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Flora of China Vol. 22 Page 440 旱麦草属 han mai cao shu Eremopyrum (Ledebour) Jaubert & Spach, Ann. Sci. Nat., Bot., sér. 3. 14: 360. 1851“.
- ↑ 2,0 2,1 Frederiksen, S. 1991. Taxonomic studies in Eremopyron (Poaceae). Nordic J. Bot. 11: 271–285
- ↑ 3,0 3,1 „Kew World Checklist of Selected Plant Families“.
- ↑ Zhang J, Liu W, Han H, Song L, Bai L, Gao Z, Zhang Y, Yang X, Li X, Gao A, & Li L (2015). De novo transcriptome sequencing of Agropyron cristatum to identify available gene resources for the enhancement of wheat. Genomics 106(2):129-136.
- ↑ Plummer, A. P. 1977. Revegetation of disturbed intermountain area sites. Pages 302-339 IN: J. L. Thomas, ed. Reclamation and use of disturbed land in the southwest. The University of Arizona Press. Tucson, Ariz.
- ↑ Hafenrichter, A. L., J. L. Schwendiman, H. L. Harris, R. S. MacLauchlan, and H. W. Miller. 1968. Grasses and legumes for soil conservation in the Pacific northwest and great basin states. USDA Soil Conservation Service, Agriculture Handbook No. 339.
- ↑ Moss, E. H. 1983. Flora of Alberta (2nd edition). University of Toronto Press. Toronto, Ont
- ↑ „Ledebour, Carl Friedrich von. 1829. Flora Altaica 1: 112-114 in Latin“.
- ↑ „Jaubert, Hippolyte François & Spach, Édouard. 1851. Annales des Sciences Naturelles; Botanique, séries. 3, volume 14, page 360-362 in Latin“.
- ↑ „Biota of North America Program 2014 county distribution map“.