Kontent qismiga oʻtish

Arpagʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arpag‘ondan yoʻnaltirildi)
Arpagʻon
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimliklar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Bir pallali oʻsimliklar
Oila: Bugʻdoydoshlar
Tur: Arpagʻon

Arpagʻon (Eremopyrum) – bugʻdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi.

Arpagʻonning poyasi silliq, tuksiz, boʻyi 4 – 25 sm. Bargining eni 3-4 mm, tukli. Boshogʻi tuxumsimon, uz. 1,5 – 3 sm, eni 0,9 – 2 sm. Boshoqchasi 3 – 5 gulli. Arpagʻon aprel – may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega[1]. Biologik xususiyatlariga koʻra, arpagʻon bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpagʻon eng tezpishar donli ekinidir[2]. Arpagʻon oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin (mayning oxiri – iyun) pishib yetiladi. Arpagʻon zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, koʻkkoʻz va boshqalar. Kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqalar[3]. Arpagʻonning ahamyati shundaki oʻsimlik zamonaviy qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun xonakilashtirilmagan. Arpagʻon turli xil ekologik va biologik zararlanishlarga bardosh berish qobiliyati tufayli xozirda olimlar uni bugʻdoy bilan chatishtirish ishlarini olib bormoqda[4]. U oson oʻstiriladigan oʻt boʻlib, unib chiqish tezligi ham yuqori[5]. U boshqa oʻtlarga nisbatan tez oʻsadi[6]. Arpagʻoning hosili bugʻdoynikiga qaraganda pastroq boʻlsada, bugʻdoyga nisbatan mazaliroq hisoblanadi[7].

Arpagʻon – asosan Yevroosiyo va Shimoliy Afrika keng tarqalgan[3][8][9][2]. Eremopyrum triticeum – deb nomlanadigan arpagʻonning bir turi Shimoliy Amerikaning ayrim qismlarida begona oʻt sifatida keng tarqalgan[10].

Barcha turlar bir yillik oʻsimliklar boʻlib, zich, 2 qirrali, boshoqsimon toʻpgulga ega boʻladi va har bir tugunda 1 tadan boshoqchaga ega[1].

Shuningdek bu arpagʻon turlari:

Eremopyrum bonaepartis - Jazoir, Marokash, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon

Eremopyrum distans - Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Moʻgʻuliston

Eremopyrum orientale - Jazoir, Marokash, Tunis, Ruminiya, Ukraina, Qrim, Rossiya, Kavkaz, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Shinjon, Tibet, Moʻgʻulistonda tarqalgan.

Oʻzbekistonda tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻistonda uchraydi. Arpagʻon – bahorgi eng yaxshi yemxashak oʻsimligi. Uning tarkibida 12 – 14% gacha protein va 24 – 27% kletchatka boʻladi. Arpagʻonni hammaqishloq xoʻjaligi hayvonlari yeydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. 1,0 1,1 „Flora of China Vol. 22 Page 440 旱麦草属 han mai cao shu Eremopyrum (Ledebour) Jaubert & Spach, Ann. Sci. Nat., Bot., sér. 3. 14: 360. 1851“.
  2. 2,0 2,1 Frederiksen, S. 1991. Taxonomic studies in Eremopyron (Poaceae). Nordic J. Bot. 11: 271–285
  3. 3,0 3,1 „Kew World Checklist of Selected Plant Families“.
  4. Zhang J, Liu W, Han H, Song L, Bai L, Gao Z, Zhang Y, Yang X, Li X, Gao A, & Li L (2015). De novo transcriptome sequencing of Agropyron cristatum to identify available gene resources for the enhancement of wheat. Genomics 106(2):129-136.
  5. Plummer, A. P. 1977. Revegetation of disturbed intermountain area sites. Pages 302-339 IN: J. L. Thomas, ed. Reclamation and use of disturbed land in the southwest. The University of Arizona Press. Tucson, Ariz.
  6. Hafenrichter, A. L., J. L. Schwendiman, H. L. Harris, R. S. MacLauchlan, and H. W. Miller. 1968. Grasses and legumes for soil conservation in the Pacific northwest and great basin states. USDA Soil Conservation Service, Agriculture Handbook No. 339.
  7. Moss, E. H. 1983. Flora of Alberta (2nd edition). University of Toronto Press. Toronto, Ont
  8. „Ledebour, Carl Friedrich von. 1829. Flora Altaica 1: 112-114 in Latin“.
  9. „Jaubert, Hippolyte François & Spach, Édouard. 1851. Annales des Sciences Naturelles; Botanique, séries. 3, volume 14, page 360-362 in Latin“.
  10. „Biota of North America Program 2014 county distribution map“.