Kontent qismiga oʻtish

Arshali (tuman)

Koordinatalari: 50°49′53″N 72°10′53″E / 50.83139°N 72.18139°E / 50.83139; 72.18139
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Arshali tumanidan yoʻnaltirildi)
Arshali tumani
Аршалы ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Arshali
Asos solingan sanasi 1930-yil
Akim Marjikpayev Yermek Boʻranbayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 27,103[1]
Zichligi 4,6 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 46,95%
Qozoqlar - 28,87%
Ukrainlar - 7,56%
Olmonlar - 6,76%
Beloruslar - 2,81%
Tatarlar - 1,60%
boshqalar - 5,45%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 5 800 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 020200-020214[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Arshali tumani xaritada
50°49′53″N 72°10′53″E / 50.83139°N 72.18139°E / 50.83139; 72.18139

Arshali tumani — Akmola viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 5,8 ming km². Aholisi 27,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 4,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Arshali qishlogʻi.

Tuman 1930-yili tashkil topdi. 1939-yilning oktyabr oyigachaa Qaragʻandi viloyatining tarkibida boʻldi. 1930-yil Kommunist, 1935-yil Vishnevka tumani deb nomlandi. 1997-yildan buyon Arshali tumani deb nomlanmoqda.

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]

Sharqiy qismida Yereymentau tumani bilan, janubiy qismida Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbiy va shimol qismlarida — respublika ahamiyatiga ega shahar Astana bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Astana — Qaragʻandi, Astana — Pavlodar temir yoʻl, Astana — Qaragʻandi avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq. Yozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[5].

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arshali tumanining aholi punktlari: Aqtasti, Jibek Joʻli (Aleksandrovka), Arshali (Vishnevka), Beloyarka, Volgodonovka, Arnasay (Vyacheslavka), Doneskoe, Ijevskoe, Konstantinovka, Jaltirkoʻl (Martinovka), Mixaylovka, Aqbulaq (Michurino), Bulaqsay (Novovladimirovka), Olginka, Bersuat (Razdolnoe), Sarioʻba, Turgen (Turgenevka).