Ashlee Vance

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashlee Vance
Tavalludi 1977
Fuqaroligi AQSh
Yoʻnalish texnologiya, biznes
Shoh asari „Elon Musk: Tesla, SpaceX va kelajak sari yoʻl“
Veb-sayti
Ashlee Vance rasmiy sayti

Ashlee Vance (1977-yilda tugʻilgan) – amerikalik muxbir, yozuvchi va kinorejissyor. Uning eng mashhur ishlaridan biri – "Elon Mask: Tesla, SpaceX va kelajak sari yoʻl" asari 2015-yil 19-mayda nashr etilgan.

Yoshlik yillari va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vance 1977-yilda Janubiy Afrikada tugʻilgan. Pomona kollejida tahsil olgan va 2000-yilda uni tamomlagan[1].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vance Buyuk Britaniyaning The Register texnologik yangiliklar web sahifasi uchun 2003-yil mart oyidan 2008-yil avgustigacha maqolalar yozgan[2][3]. 2008-yil sentyabr oyida The New York Times gazetasiga[4], 2011-yil yanvar oyida esa Bloomberg Businessweekga koʻchib oʻtgan[5].

„The Register“dagi faoliyati davomida Vance IBM, HP, Intel va Dell haqida, shuningdek, robotlar, Segway skuterlari va R dasturlash tili kabi koʻplab texnologik mavzular haqida yozgan[6]. 2007-yilda Vance Silikon vodiysi tarixi haqida Geek Silicon Valley nomli kitob yozdi[7]. Uning maqolalari The Economist, Chicago Tribune, CNN.com, The Globe and Mail, International Herald Tribune va CNET kabi nashrlarda chop etilgan.

Vance 2007–2008-yillarda Semi-Coherent Computing deb nomlangan audio podkastiga mualliflik qildi[8], unda u maʼlumotlar markazini sovutish va blade serverlari kabi korporativ hisoblash mavzularini muhokama qildi va Transmeta, Sun Microsystems va Bell Labs kompaniyalarining chip ixtirochisi boʻlmish Devid Ditzel kabi mehmonlar bilan intervyular o'tkazdi[9],

2015-yilda Vance turli mamlakatlardagi texnologiya sahnasiga eʼtibor qaratgan holda Bloomberg uchun „Hello World“ video seriyasini yozish, ishlab chiqarish va joylashtirishni boshladi[10][11]. Koʻrsatuv 2016-yilda Emmy mukofotiga nomzod boʻlgan[12]. 2015-yilda Vance Tesla, SpaceX va boshqa texnologik kompaniyalarning bosh ijrochi direktori Ilon Mask haqidagi tarjimai holini nashr etdi va kitob darhol bestsellerga aylandi[13].

2023-yilning may oyida Vance "When The Heavens Went on Sale: The Misfits and Geniuses Racing To Put Space Within Reach" nomli kitobini taqdim qildi. Kitob Planet Labs, Rocket Lab, Astra Space va Firefly Aerospace kabi kompaniyalar haqida yozilgan boʻlib, darhol bestsellerga aylandi[14].

Hozirda Vance HBO bilan birga Elon Mask kitobi asosidagi teleserial[15] va oʻzining soʻnggi kitobi asosida suratga olinayotgan hujjatli film ustida ishlamoqda[16].

U Kaliforniyada rafiqasi Melinda va ikki farzandi bilan istiqomat qiladi[16].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vance, Ashlee. Geek Silicon Valley: The Inside Guide To Palo Alto, Stanford, Menlo Park, Mountain View, Santa Clara, Sunnyvale, San Jose, San Francisco. Globe Pequot, 2007. ISBN 978-0762742394. 
  • Vance, Ashlee. Elon Musk: Tesla, SpaceX, and the Quest for a Fantastic Future. Harper, 2015. ISBN 978-0062301239. 
  • Vance, Ashlee. When the Heavens Went on Sale: The Misfits and Geniuses Racing to Put Space Within Reach. Ecco, 2023. ISBN 978-0-06-299887-3. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abraham, Sneha. „The Full Elon“. Pomona College Magazine. Pomona College (2016-yil 3-avgust). Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
  2. Vance, Ashlee. „Sun adopts Write Once, Revise Anywhere license“. The Register (2003-yil 24-mart).
  3. Vance, Ashlee. Reg server and chip hack molested by Gray Lady“. The Register (2008-yil 21-avgust).
  4. „Ashlee Vance - Bits - The New York Times“. bits.blogs.nytimes.com (2010-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  5. „Ashlee Vance and Brendan Greeley Join Bloomberg Businessweek“. Press Release. Bloomberg (2011-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 8-aprel.
  6. „Data Analysts Captivated by R's Power“. The New York Times (2009-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 13-sentyabr.
  7. Vance, Ashlee. Geek Silicon Valley. Globe Pequot Press, 2007-11-01. ISBN 978-0-7627-4239-4. 
  8. „Semi-Coherent Computing“. The Register. 2008-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „David R. Ditzel“. The Third Culture. Edge Foundation, Inc.
  10. „Goodbye, Silicon Valley. Hello World“. Bloomberg. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  11. „Ashlee Vance AMA on reddit“. reddit (2016-yil 23-mart). Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  12. „Nominations for the 38th Annual News and Documentary. Emmy® Awards“ (PDF). newenglandemmy.org.
  13. „Hardcover Nonfiction Books - Best Sellers - Books - June 7, 2015 - The New York Times“ (en-US). The New York Times. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  14. „Hardcover Nonfiction Books - Best Sellers - Books - May 28, 2023 - The New York Times“ (en-US). The New York Times. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  15. Otterson. „HBO to Develop Scripted Series About Elon Musk’s SpaceX“ (en-US). Variety (2020-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  16. 16,0 16,1 „About“ (en-US). Ashlee Vance. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.