Kontent qismiga oʻtish

Astat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Astatindan yoʻnaltirildi)
Astat At
85
Астат
At
(210)
4f145d106s26p5

Astat —Astatin (Astatium), At — sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan kimyoviy radioaktiv element. Kimyoviy elementlar davriy sistemasining VII guruhiga mansub; galogenlar jumlasidan. Tartib raqami 85. 1940-yilda vismutni a — zarrachalar bilan parchalash natijasida kashf etilgan.Astatning barqaror izotopi yoʻq. Lekin 20 dan ortiq radioaktiv izotopi maʼlum. At211ning yarim yemirilish davri 7,2 soat, Arniki esa 83 soat. Oʻziga xos kimyoviy xossalari bor. Boshqa galogenlar kabi, organik erituvchilarda eriydi va erimaydigan kumush astatid (AgAt) tuzini hosil qiladi. Shuningdek,Astat metallar singari sulfat eritmalaridan rux taʼsirida ajralib chiqadi, elektroliz qilinganda katodga oʻtiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil