Astragalus anisus
Astragalus anisus | |
---|---|
Muhofaza qilish holati
| |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Oʻsimliklar |
Sistematika: | Traxeofitlar |
Sistematika: | Angiospermlar |
Sistematika: | Eudicots |
Sistematika: | Rosids |
Oila: | Fabaceae |
Sinf: | Faboideae |
Gen: | Astragalus |
Turlar: | A. anisus
|
Binomial nomi | |
Astragalus anisus |
Astragalus anisus — dukkaklilar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi, Gunnison milkvetch nomi bilan ham mashhur. U Qoʻshma Shtatlardagi Kolorado shatati uchun endemik boʻlib, Gunnison va Saguache okruglaridagi Gunnison havzasi hududida keng tarqalgan[1].
Bu oʻsimlik daraxtsimon ildizdan oʻsadigan kichik koʻp yillik oʻtdir. Ildizpoya oldingi mavsumlarda oʻsgan barglari qoldiqlari bilan qoplangan. Barglari uzunligi 7 santimetrgacha, murakkab tomirlangan, 15 tagacha yaproqdan iborat. Oʻt kumush rangli tuklar bilan qoplangan. Pushti binafsha gullari may va iyun oylarida paydo boʻladi[2]. Ularning uzunligi 2 santimetrgacha yetishi mumkin[1]. Gullari asosan arilar tomonidan changlantiradi. Mevasi uzunligi 1 dan 2 santimetrgacha boʻlgan yumaloq dukkakli poʻstloqga ega. U goʻshtdor, tukli va yashil, quriyiganda jigarrang tusga kiradi. Mevasi ichidakoʻplab silliq qora urugʻlarjoylashgan boʻladi[2][3].
Bu tur shoxli buta va dasht-butalar oʻsadigan joylarda uchraydi. Yer tekis yoki gil tuproqli tepaliklar shaklida boʻlishi bu oʻsimlik uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Bu tepaliklar balandligi 7000 dan 10 000 futgacha yetadi. Oʻsimlik, asosan, bu diapazonning past balandliklarida, katta butalar orasidagi ochiq yashash joylarida oʻsadi. Yer pastki qismida koʻplab chalabutalar boʻlgan va oʻtlar bilan qoplangan hudud shular jumlasidandir. Bunday joylarda shuvoq turlari va boshqa oʻt oʻsimliklari koʻp miqdorda oʻsadi[2]. Shunday turlarga Phlox hoodii, Bouteloua gracilis, Poa fendleriana va Stipa pinetorum kiradi[1]. Gunnison Sage Grouse (Centrocercus minimus gunnisonii) mahalliy yashash muhiti uchun muhim koʻrsatkich turi hisoblanadi. Qush oʻsimlikning yashash joyida juftlashish mavsumini oʻtkazadi[2].
Hududning katta qismi yaylov sifatida foydalanilgan, baʼzida chorva mollari ham boqilgan. Bu yerlarda tabbiy oʻsuvchi shuvoq va Agropyron cristatum Bromus inermis kabi mahalliy boʻlmagan oʻtlar yulib tashlandi, uning oʻrniga sebargalar ekildi. Moviy Mesa suv ombori havzasida toʻgʻon qurilganda ham ayni shunday sebarga dalalri barpo etilgan[2].
Umuman olganda, bu oʻsimlik mahalliy hududlarda kamdan-kam hollarda uchraydi va populyatsiyasi ham barqaror emas[1][2]. Turlarga tahdid soladigan holatlarga yoʻllar qurilishi, yoʻltanlamas transport vositalari harakati, introduksiya, xususan, yongʻinni oʻchirish holatlari kiradi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Astraglus anisus.[sayt ishlamaydi] NatureServe.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Decker, K. and D.G. Anderson. (2004, April 21). Astragalus anisus M.E. Jones (Gunnison milkvetch): A technical conservation assessment. [Online]. USDA Forest Service, Rocky Mountain Region.
- ↑ „Colorado Rare Plant Guide“. 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.