At the Seashore
: ' | |
Rassom | Anna Bilińska |
---|---|
Yil | 1886 |
Oʻlchami | 50 sm (19.6 ) |
Joylashuvi | Milliy Muzey,Varshava |
At the Seashore (polyakcha: Nad brzegiem morza) – polshalik rassom Anna Bilińska tomonida 1886-yilda chizilgan surat. Hozirda ushbu sanʼat asari Polshaning Varshava shahridagi Milliy muzeyda saqlanadi.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmda kichkina qizi bilan qum ustida oʻtirgan baliqchilar qishlogʻidan kelgan yosh ayol tasvirlangan. Ayolning oʻng tarafida oyoqlarining yonida baliq tutish uchun ishlatiladigan halqali toʻri yotadi. Uzoqdan sokin dengizda yelkanli qayiqlar koʻrib turibdi. Rasmda kulrang boshqa ranglarga qaraganda koʻproq ishlatilganligi yaqqol bilinadi. Rassom ushbu rasm yaralishida tomoshabin eʼtiborini asarning chuqur maʼnosiga yoʻnaltiradigan Rückenfigur kompozitsion sxemasidan foydalangan[1].
Tahlil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1885-1886-yillarda Bilinska Parijni tark etib, yozgi taʼtilini Normandiyaning Pourvilleda oʻtkazgan edi. Ushbu davrda unga Varshavadan kelgan akasi Władysław yordam beradi. Bu davrda uning rassom otasi va yaqin doʻsti Klementyna Krassowskaning yaqinda vafot etishi natijasida katta tushkunlikni boshdan kechiradi. "At the Seashore" asari rassom ijodidagi eng yaxshi va mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Rasmda Ingiliz koʻli boʻyida joylashgan plyajdagi haqiqiy manzara tasvirlangan hamda chuqur ohangdor tuygʻuni aks ettiradi. Rassom nafaqat gʻamgin muhit va dengiz qirgʻogʻining bepoyonligini, balki onalikning murakkab tabiatini ham kuzatuvchiga ajoyib qilib yetkazadi. Orqa tomonda tasvirlangan ona va uning bolasining figuralari dengizning kengligi bilan ajralib turadi, bu koʻpincha bolani yoʻqotganidan keyin motam belgisi sifatida talqin qilinadi[2] [3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nad brzegiem morza“ (pl). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ „"MĘSKIE" MALARSTWO ANNY BILIŃSKIEJ-BOHDANOWICZOWEJ“ (pl) (2017-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ „Anna Bilińska-Bohdanowicz. Artystka niezłomna“ (pl) (2017-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.