Kontent qismiga oʻtish

Axborot erkinligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axborot erkinligi — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasiga muvofiq, har kim oʻziistagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

„Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 4-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har kim axborotni moneleksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.

Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning maʼnaviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini taʼminlash maqsadida cheklanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.

Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

Axborot erkinligining asosiy prinsiplari

Ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkinligi va haqqoniylik axborot erkinligining asosiy prinsiplaridir.

Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.