Majburiy davolash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Majburiy davolash - sudning tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari. Bunday choralar jinoyat qonunchiligi boʻyicha jazo turi hisoblanadi. Majburiy davolash faqat sud orqali amalga oshiriladi. Bunda davolash muddati belgilanmaydi. Majburiy davolashning huquqiy asoslari OʻzR Jinoyat kodeksida bayon qilingan. Majburiy davolashning quyidagi turlari qonunda nazarda tutilgan: a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish; b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sogʻliqni tiklash boʻlimida majburiy davolanish; v) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sogʻliqni tiklash maxsus boʻlimida majburiy davolanish; g) kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki boʻlinmasida majburiy davolanish.
Majburiy davolash choralari ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllanadi. Sud tibbiy yoʻsindagi Majburiy davolash turini tayinlashda bunday shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini eʼtiborga oladi. Mas, kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki boʻlimida Majburiy davolash oʻta ijtimoiy xavfli bulgan yoki xulqiga koʻra, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolanishning imkoni boʻlmagan ruhiy kasalliklarga nisbatan tayinlanadi. Majburiy davolash muddatini uzaytirish, oʻzgartirish va bekor qilish masalasini ruhiy kasalliklar shifokorlari komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud hal qiladi. Agar Majburiy davolashchorasi qoʻllangan shaxs javobgarlikka tortish muddatlari oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi va Majburiy davolash vaqti jazo muddatiga qoʻshiladi. Ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan takdirda, sud bunday shaxslarga nisbatan jazo tayinlash bilan birga, Majburiy davolash chorasini ham tayinlashi mumkin. Ruhiy kasallar Majburiy davolashni maxsus nazoratli tibbiy muassasada, ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaqarvandlikka yoʻliqqan shaxslar oʻzlari jazoni oʻta-yotgan tibbiy muassasada, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni utayetganlar oʻzlari yashayotgan joydagi tibbiy muassasada, ozodlikdan mahrum qilish va qamoq jazosini utayetganlar esa jazoni oʻtash joyida majburiy davolanadilar.
Mamajon Usmonaliyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |