Kontent qismiga oʻtish

Ayder Rustemov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ayder Isayevich Rustemov
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1980-yil 19-mart
Dini Islom
Fuqarolik SSSR, Ukraina
Hudud Islom
Tanilgan sohasi Imom, Qrim muftiysi

Ayder Isayevich Rustemov (qrim tatarcha: Ayder İsa oğlu Rustemov, Айдер Иса огълу Рустемов) — Qrimtatar hamda ukrain diniy va jamoat arbobi. Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi ikki qismga bo‘linib ketganidan so‘ng, 2016-yil 19-noyabrdan buyon Qrim musulmonlari diniy boshqarmasining Kiyevdagi raisi, Qrim muftiysi.

Ayder Rustemov 1980-yil 19-martda Oʻzbekiston SSRga deportatsiya qilingan qrimtatarlar oilasida tavallud topgan.

1996-yilda islomiy jihatdan bilim olish maqsadida Iordaniyaga jo‘nab ketadi. U yerda Al-Mafraqdagi Al-Bayt universitetida arab tilini oʻrganishni boshlaydi. 1997-yilda arab tilidan kerakli malakani olgach, shu universitetning Diniy vaqflar fakultetida o‘qishni davom ettiradi. 1998-yilda arab tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishini koʻchirib, u yerni 2001-yilda tamomlaydi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Ukrainaga qaytib kelgach, Rustemov islomiy missionerlik faoliyati bilan shugʻullana boshlaydi. U „Ansor“ fondi nashriyotida islomiy adabiyotlar tarjimoni va ilmiy shariat muharriri lavozimlarini egallaydi va 2006-yilgacha shu yerda faoliyatini davom ettiradi.

2004-yilda Grigoriy Skovoroda nomidagi Falsafa institutining „Ukrainada islom“ loyihasida ishtirok etadi.

Rustemov 2005-yilda oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshlaydi, „Shirinler Profil“ kompaniyasida menejer (2006), „Dekom MV“ kompaniyasida moliya direktori (2007), „DSS Solutions“ kompaniyasida loyiha menejeri (2008—2012) va kompaniya direktori (2012—2015) lavozimlarida faoliyat yuritadi. Bir muddat Ukraina musulmonlari uyushmasi rahbari imom Sulaymon Xayrullayevning oʻrinbosari boʻib xizmat qilgan.

2016-yilda Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi ikkiga boʻlinib ketadi. Tashkilotning asosiy qismi Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri musulmonlari diniy boshqarmasi sifatida Rossiyada huquq sohasidagi yuridik faoliyatini davom ettiradi, Kiyevda esa Qrimtatar xalqi Majlisi ishtirokida Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi tuziladi[1].

2016-yilning sentyabr oyida Qrimtatar xalqi Majlisi Qrimning amaldagi muftiysi Emirali Ablayevning tashkilotdagi aʼzoligini toʻxtatadi.

2016-yil 19-noyabrida Ukraina nazoratidagi hududlarda istiqomat qiluvchi Qrimtatar jamoalari mamlakatning boshqa bir musulmon jamoalari bilan birgalikda Ukraina musulmonlar jamoasini yanada samarali tashkil etish va rivojlantirish maqsadida Qrim musulmonlari diniy boshqarmasini tuzish tashabbusi bilan chiqadi. Ayder Rustemov Qrim musulmonlari diniy idorasi rahbari lavozimini egallaydi, shuningdek, Ukraina versiyasiga koʻra Qrim muftiysi etib tayinlanadi[2].

Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi Kiyev qurultoyini noqonuniy deb eʼlon qiladi va yarimoroldagi musulmonlarning yagona vakili — bu Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi ekanligini taʼkidlaydi[3].

2016-yil 5-dekabrda Rustemov boshqa musulmon birlashmalari vakillari bilan birgalikda Ukraina musulmonlari xartiyasini imzolaydi[4].

2019-yil 4-dekabr kuni Ukraina prezidentining Ukrainadagi cherkovlar va diniy tashkilotlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida Vladimir Zelenskiy bilan koʻrishadi.

2020-yil 28-oktyabrda Fransiyadagi voqealar bo‘yicha o‘z fikrini rasman bildirib, Fransiya hukumatining fojiaga olib kelgan islomga qarshi harakatlarini qoralaydi[5].

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Rustemov Rossiyaning bu harakatlarini qattiq qoralab, u yerda istiqomat qiluvchi musulmonlarni ushbu urushda qatnashishdan bosh tortishga chaqiradi.