Aygul Imanbayeva
Aygul Imanbaeva | |
---|---|
Айгүл Иманбаева | |
Tavalludi |
15-mart 1977-yil Qozoq SSR, Jambul viloyati, Qoʻrday tumani |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Kasbi | aktrisa, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1999-bugun |
Yoʻnalish | pop, ska, pop-rok, electropop, R&B |
Aygul Serikqulqizi Imanbaeva — (1977-yili 15-martda, Jambul viloyati, Qoʻrday tumani, Kenen qishlogʻida dunyoga kelgan) estrada qoʻshiqchisi, aktrisa.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi Jambul viloyati Qoʻrday tumani Kenen Azirboy qishlogʻida oʻtgan. Oʻrta maktab vaqtidan boshlab musiqaga yaqin boʻlgan Aygul „Bayan“ klasini tamonlaydi. 1994 — 1998-yillar orasida Temirbek Jurgenov nomli hunar akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlaydi. 1998-yili Jusipbek Yelebekov nomli kolledjga oʻqituvchi boʻlib ishga kiradi va shu vaqt orasida Gʻabit Musirepov nomli akademiya teatriga aktrisalikka ishga kiradi. 2001-yili Xabar telekanalidagi „Uyat bo'lmasin“ dasturining olib boruvchisi va kelinning obrazini ijro etadi. 2001-yili ilk bor jamaotlashtirilgan Respublika miqyosida o'tgan hazil musobaqasida qo'shiqchilarga parodiya qilgani uchun birinchi o'rinni egallaydi.
Teatr saxnasida har turli ko'rinishdagi obrazlarni ijro etgan. „Qiz Jibek“ spektakilida „Jibek“ rolini, „Pay, pay, jas jubaylar ay“ da „Gʻaziz“ ro'lini, Talangʻan tagʻdir" da „Guljan“ rolini, „Alma bagʻi“, da „Alma“ rolini „Ko'gildir taksi“, da „Klara“ rolini, „Jeltoqsan jeli“ da „Aqmaral“ v.h. rollari. Kino soxasida ham ancha yutuqlarga erishdi. 2004-yili Mosfilm tasvirga olgan „Chelovek veter“ filmida Sho'lpan degan qizning rolini ijro etdi. Davlat kinorejisserlarning ham ancha ijodlarining bosh rollarini ijro etgan. Shulardan: 2005-yili „Suyinshi“ filmida yurtboshi Nursulton Nazarboyevning onasining rolini ijro etsa 2010-yili Bayan Esentaevaning prodyuserligi bilan va barcha hunar shaxslarining qatnashishi bilan tasvirga olingan „Gʻashiq jurek“ nomli kinoda bosh rollardan birini Mayra Itayaqovaning obrazini ijro etadi. 2011-yili atalmish filmning ikkinchi qismida ham qatnashadi.
2002-yili Al-Farobiy nomli Qozoq Milliy Universitetining magistraturasiga jurnalistika fakultetiga topshiradi.
Estrada soxasida 1999-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda 10 videoklipi o'ttizdan ziyod qo'shiqlari bor. 2007-yili eng birinchi „Tangʻi eles“ nomli ijodkorlik kechasini o'tkazdi. 2006-yili Davlat „Darin“ mukofotiga sazavor bo'ldi.
2011-yili tavakkalga bel bog'lab shaxsiy „A.I“ drama teatrini ochadi. Oradan ozgina vaqt o'tsa da tomoshobinlarga ikki spektaklini namoish etib ulgurdi. Uning biri J.Anuyning „Medeya“ tragediyasi bo'lsa ikkinchisi Sh.Boshpekovning „Temir qatin“ komediyasi bo'lib hisoblanadi.[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dini — Islom.
- Siyosiy arbob sifatidagi ideali — N.A. Nazarbaev, I.N. Tasmagʻambetov.
- Xobbisi — raqsga tushish, vokal, sport.
- Qozoq, rus va fransuz tillarini yaxshi biladi.
Abdimutaliev Asiljan Sabituli degan bir farzandi bor.[2]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2004-yil xalqaro „Aziya Dauisi“ konkursining „Qazaq anderi“ konkursidagi Bosh mukofotga sazavor bo'ldi.
- 2006-yil A. Mambetov nomli „Darin“ sovg'alarining laureati.
- 2010-yil „Yilning mashhur qo'shiqchisi“.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aygul Imanbaevaning biografiyasi, 2012-06-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-10
- ↑ Qozog'iston Respublikasinda Kimning kim ekani — 2011. 2 tomdiq aniqtamaliq. Almati, 2011. ISBN 978-601-278-473-2