Kontent qismiga oʻtish

Aysuluu Tinibekova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aysuluu Tinibekova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi qirgʻizcha: Айсулуу Тыныбекова
Fuqaroligi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Tavallud sanasi 4-may 1993-yil (1993-05-04) (31 yosh)
Moylisoy, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi
Vazni 58 kg gacha
62 kg gacha
Sport
Qaysi sport erkin kurash

Aysuluu Bolotovna Tinibekova (qirgʻizcha: Айсулуу Тыныбекова; tugʻ. 1993-yil 4-may, Moylisoy, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi) — qirgʻizistonlik erkin kurashchi, 58 kg gacha va 62 kg gacha vazn toifasida, Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzosi. Toʻrt karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon chempioni, Jahon kubogi sovrindori, turli xalqaro musobaqalar sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori.

1993-yilda Oysuluu Tinibekova Jalolobod viloyatining Moylisoy shahrida tugʻilgan.

2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk bor qatnashdi, biroq oʻz toifasida 13-oʻrinni egalladi.

2013-yilda Universiadaning u bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yilda Osiyo chempionatining kumush medali va Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yilda esa Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2016-yilda u Osiyo chempioni boʻldi, ammo Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u atigi 5-oʻrinni egalladi[1].

2017-yilda yana Osiyo chempioni boʻldi, Islom birdamlik oʻyinlarining oltin medali, yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalar boʻyicha Osiyo oʻyinlarining kumush medali, Jahon chempionatining bronza medali sohibi boʻldi. 2018-yilda u Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2019-yilda Osiyo chempioni boʻldi. Oʻsha yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida 62 kg gacha vazn toifasida Oysuluu Jahon chempioni boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va milliy olimpiya qoʻmitasiga Olimpiya litsenziyasini oldi.

2020-yilda u Jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Oslo shahrida (Norvegiya) boʻlib oʻtgan erkin kurash boʻyicha Jahon chempionatida Tinibekova oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Jahon chempioni boʻldi[2].

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sportdagi yutuqlari uchun „Dank“ ordeni bilan taqdirlangan (2017)[3]
  • „Sportdagi eng yaxshi yutuq“ nominatsiyasi boʻyicha Aytmatov nomidagi Qirgʻiziston Respublikasi yoshlar davlat mukofoti laureati (2019)[4]
  • Tokiodagi (2021) XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi muvaffaqiyati uchun II darajali „Manas“ ordeni bilan taqdirlangan[5]