Kontent qismiga oʻtish

Aziz Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aziz Tursun
Tavalludi 1917-yil
Vafoti 1977-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Aziz Tursun (Tursunov; 1917-yil, Namangan shahri — 1977-yil) — taniqli jurnalist, isteʼdodli shoir. 1950-yilda „Qoʻshni qizning yigʻisi“ dostoni unga shuhrat olib kelgan[1].

Aziz Tursunov 1917-yil Namangan shahrida duradgor oilasida tavallud topgan[2]. U „Sharqiy“ tahallusi bilan ijod qilgan. 1933-yilda pedagogika kursini tamomlagan. Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida, Namangan shahrida oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri, direktor lavozimlarida ishlagan. U 1939-yili Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kiradi. 1942-yili Rjev shahrini fashistlardan ozod qilishda qatnashadi va oʻng qoʻlidan ajrab, ona yurtiga qaytadi. Yana maktablarda oʻqtuvchilik qiladi, viloyat radiosida ishlaydi. Aziz Tursunov oliy partiya maktabini tugatadi va „Namangan haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari vazifalarini bajaradi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi mas’ul kotibi, viloyat radiosida muharrir, Yangiqoʻrgʻon (Chortoq), Namangan, Uychi tumani gazetalari muharriri va Namangan teatrining direktori lavozimlarida ishlaydi. Aziz Tursunovning birinchi hikoyasi „Egamberdi gʻijjakchi“ hisoblanadi. „Ukrain doʻstimga“ nomli ilk sheri 1943-yilda front gazetasida chop etiladi. Soʻng uning asarlari respublika gazeta va jurnallarda nashr etiladi. Bir qator dramalar yozadi: „Isyon“, „Bahrom va Dilorom“, „Nasrullo“, „Aql yoshda emas, boshda“, „Unitilmas kunlar“, „Tohir va Zuhra“, „Muhtorjon“, „Mashrab“ kabilar. Ularning ayrimlari viloyat teatrida sahnalashtiriladi. Shoirning „Muhabbat daftari“ nomli toʻplami 2007-yilda chop etilgan.

Aziz Tursunov 1977-yilda vafot etgan.

  1. Ummatov R 2022, s. 23.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4.