Kontent qismiga oʻtish

BYD Seagull

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seagull

Shanxay avtosaloni
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi BYD Auto
Model yili 2023
Zavod(lar) Shenjen, Guandun, XXR Xitoy
Tasnifi
Sinfi Subixcham avtomobil
Segment B
Kuch moslamalari
Dvigateli BYD TZ180XSH:
55 kW (74 hp; 75 PS) yoki
75 kW (101 hp)
Quvvati
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2,500 mm (98.4 in)
Uzunligi 3,780 mm (148.8 in)
Kengligi 1,715 mm (67.5 in)
Balandligi 1,540 mm (60.6 in)
Bak hajmi
  • 305 km (190 mi) (NEDC, 30.08 kVs)
  • 405 km (252 mi) (NEDC, 38.88 kVs)
Eksteryer
Kuzov turi hechbek
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Dizayneri Wolfgang Egger
Aloqador avtomobillar BYD Dolphin

BYD Seagull — Xitoyning yirik avto ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto tomonidan ishlab chiqariluvchi B-segmentiga mansub elektromobil. Ushbu avtomobil 2023-yil aprel oyida Shanxay avtosalon koʻrgazmasida namoyish etilgan[1][2].

Avtomobilning Shanxay avtosalonidagi taqdimotidan soʻng, 24 soat ichida ushbu avtomobilni sotib olish uchun oldindan 10 000 dan ortiq buyurtma kelib tushadi. Ishlab chiqaruvchi ushbu modelni pozitsiyalariga koʻra 10200 $ dan to 12 400 $ gacha taklif qilgan. Bu model BYDning 2023-yildagi eng arzon modeli hisoblanadi. BYD 2023-yilning may oyidan bu elektromobildan 23 005 dona sotgan boʻlsa, iyun oyida esa savdo hajmi 60% ga oshib[3] 128 196 ta donani tashkil qilgan. Bu miqdor BYD kompaniyasi tomonidan sotilgan elektromobillarni 18% ni tashkil qilgan.

BYD Seagull eldktromobili 3.0 elektron platformasi asosida ishlab chiqarilgan. 5 eshikli 4 oʻrindiqli model, Ocean seriyasiga kiradi. Elektromobilning uzunligi 3780 mm, kengligi 1715 mm va balandligi 1540 mm, gʻildirak bazasi esa 2500 mmni tashkil qiladi.