Yangwang U7
Bu maqola ishlab chiqarilishi kutilayotgan avtomobil haqidagi ma'lumotlarga ega. |
Yangwang U7 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Onalik kompaniyasi | BYD |
Subbrend | Yangvang |
Chiqarilgan yil | 2024 |
Yangwang U7 |
Yangwang U7 — xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD kompaniyasiga qarashli Yangvang subbrendi ostida ishlab chiqariluvchi hashamatdor sedan. Avtomobil 2024-yilning soʻngida taqdim etilishi kutilmoqda.
Texnik koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangwang U7 hashamatdor avtomobillar sinfiga kiruvchi yirik sedan boʻlib, uning uzunligi 5265 mm, eni 1998 mm, balandligi 1517 mmni, gʻildiraklar bazasi esa 3160 mmni tashkil qiladi. U7 ning aerodinamik qarshilik koeffitsienti CX 0,195 ga teng[1].
Yangwang U7 U8 yoʻltanlamasi kabi e4 agregatiga ega. Toʻrtta elektr motor (har bir gʻildirak uchun bittadan) jami 1306 ot kuchiga ega. Taqqoslash uchun, Porsche Taycanda maksimal quvvati 952 ot kuchiga, uch dvigatelli Tesla model S Plaid 1020 ot kuchiga va toʻrt dvigatelli Zeekr 001 FR 1265 ot kuchiga ega[1].
Avtomobilning orqa gʻildiraklari 20° gacha burchakka va har ikki yoʻnalishda ham (oldingi gʻildiraklar aylanayotgan yoʻnalishda hamda, teskari yoʻnalishda ham) burila oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Бырков, Алексей „Суперседан Yangwang U7: четыре электромотора и 1306 «лошадей»“ (ru). autoreview.ru (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.