Bahodir Siddiqov
Bahodirjon Bahromovich Siddiqov | |
---|---|
Oʻzbеkneftgaz kompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2023-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Mehriddin Abdullayev |
Mansab davri 2019-yildan – 2020-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahrom Ashrafxonov |
Vorisi | Mehriddin Abdullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
27-may 1979-yil Fargʻona |
Bahodirjon Bahromovich Siddiqov — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 2019—2020-yillarda va 2023-yildan Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi[1]. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtirish loyiha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tugʻilgan.
2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetini bitirgan. Mutaxassisligi - moliya, kredit va menejment.
1999−2000 — „OʻzLITIneftgaz“ AJ texnik xodimi.
2001−2004 — „OʻzLITIneftgaz“ MChJ muhandis-konstruktor, kichik ilmiy xodim.
2004−2006 — „OʻzLITIneftgaz“ 1-toifali muhandisi va boʻlimi boshligʻi.
2006−2007 — „Oʻztyajneftgazkimyoloyiha“ davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholash boʻlimi boshligʻi.
2007−2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
2009−2010 — „Oʻzbekneftgaz“ qoshidagi „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2010−2011 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.
2011−2012 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ masalalar boʻyicha direktori.
2012—2016 — Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasida moliya direktori.
2016—2017 - „Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati prognozlash, resurslar va investisiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — „Neftegazinvest“ MChJ direktori.
2017−2017 — "Oʻzbekneftgaz" investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boshqarmasi boshligʻi, „Neftegazinvest“ direktori.
2017−2018 — "Oʻzbekneftgaz" investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2018−2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.
2019—2020 — „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi[3].
2020—2023 — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtirish loyiha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
6-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi deputati. Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
O‘zbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi fraksiyasi aʼzosi.